Yoshi kattalardan faqat bir futbolchi! Runi MYuda kimlar qolishi kerakligini aytdi

 

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Menimcha, biz yosh futbolchilarni, shuningdek Brunoni saqlab qolishimiz kerak. Menimcha, jamoada katta tozalash ishlari bo‘lishi lozim. Bu bir yilda emas, 1-2 yilda sodir bo‘ladi. 

Bu ligada yaxshi natijalar qayd etish uchun yaxshiroq futbolchilar kerak. Meni noto‘g‘ri tushunmang. Hozirgi tarkibdagi futbolchilar yaxshi. Biroq "Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal" bilan raqobatlashish uchun ularga yaxshiroq futbolchilar kerak", -
dedi Runi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!