"Buxoro" yordamchi murabbiyi: "Bu haqiqiy Kubok o‘yini bo‘ldi"

  • 26 iyun, 01:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi nimchorak final doirasidag “Buxoro” – OKMK (3:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin buxoroliklarning yordamchi murabbiyi Mixail Eremchuk quyidagicha munosabat bildirdi:

Tecno

“Bu haqiqiy Kubok o‘yini bo‘ldi. Kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Ikkala jamoa g‘alaba qozonishni xohladi. Baxtimizga vaziyatlardan foydalandik. OKMK yaxshi, kurashchan jamoa. Birinchi raqamda o‘ynadi, lekin jamoamiz rahbariyati va muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.

Har doimgidek tayyorgarlik ko‘rdik, qisqa vaqtda tayyorlandik. Yigitlarni o‘yinga ruhan tayyorlay oldik. O‘yin tomonlama e’tirozlar yo‘q edi, faqat biroz omad etishmayotgan edi. Tarkibimizda yoshlar juda ko‘p, ularga biroz vaqt kerak. G‘alabalar ularga o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi”, - deydi Eremchuk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!