Hamyurtlarimiz Janubiy Koreyadagi turnirda 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Koreya Respublikasining Muju shahrida uch kun davom etgan "World Taekwondo Diamond Games" turniri yakunlandi.

Tecno

Musobaqaning so‘nggi kuni doirasida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, yakunda ularning 13 nafari shohsupadan joy oldi. Sportchilarimiz kun yakunida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiev 
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev
-80 kg: Ozodbek Mamadaliev
+80 kg: Yodgorbek Jo‘raboev
-49 kg: Madina Shoniyozova 
-57 kg: Shabbona Abduvalieva 
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova 

Kumush medal:
-58 kg: Omonjon Otajonov 
+80kg: Azizbek Abduqodirov 

Bronza medal: 
-58 kg: Kamronbek Mansurov
-58 kg: Mirdiyor Mirayimov 
-67 kg: Sevnich Hayitova

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!