
Sanchoga Italiyaning grand klubidan taklif tushdi!
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Turinning "Yuventus" klubi 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun 15 million evro taklif qilish niyatida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sancho bosh murabbiy Ruben Amorim rejalariga kirmaydi va jamoani tark etishi kutilmoqda. Futbolchining o‘zi ham faoliyatida yangi bosqichni boshlashga tayyor ekani ta’kidlandi.
Angliyalik hujumchiga Evropaning bir necha grand klublaridan takliflar bor edi. Lekin hali hamon muzokaralar boshlanmagani haqida mashhur nashrlar yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sancho o‘tgan mavsumni ijara asosida "Chelsi"da o‘tkazdi. U 41 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 28 million evroga baholamoqda.
Fikrlar