
Karolin Voznyatski: O‘zimni “o‘ldirmayman”
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski yangi mavsumdan nimalar kutayotgani va “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqishni istayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Eng avvalo men sog‘lom bo‘lishim lozim. O‘tgan yillar davomida o‘z tanamni o‘rgandim. Hozirda kamroq mashg‘ulot qilmoqdaman. Albatta, butkul mashg‘ulotlarni kamaytira olmayman, lekin avvalaridek o‘zimni “o‘ldirmayman”.
O‘zimni yaxshi his etsam, har qanday raqibimni enga olaman. Shu sababli ham kelgusi yili “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarda bosh sovrinni qo‘lga kiritishga bor kuch g‘ayratimni sarflayman”.
Fikrlar