
13-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi “Charm to‘p” turniri final bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
Yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlarini keng ommalashtirish, mahallalarda istiqomat qilayotgan iqtidorli yoshlarni saralash ishlarini amalga oshirish, ularni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish, tibbiy va jismoniy madaniyatni rivojlantirish maqsadida mahalla yoshlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Charm to‘p” an’anaviy turniri o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamkorlikda mamlakatimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida 13-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Charm to‘p” an’anaviy turnirini tashkil etmoqda.
5 ta bosqichda tashkil etilgan ushbu musobaqa hal qiluvchi raundga etib keldi. 24-27 avgust kunlari “Charm to‘p” mini-futbol musobaqasining Respublika final bosqichi o‘tkaziladi. Unda 8 ta viloyat jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi: Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm va Navoiy.
O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, final bosqichi uchrashuvlari “Chig‘atoy” maydonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar