
2025 yilda kimlar UFC chempioni bo‘ladi? Tom Aspinall javob berdi
Og‘ir vazn toifasida UFC ning vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall "TNT Sport" telekanaliga bergan intervyusida turli vazn toifalarida chempionlar ro‘yxati qanday bo‘lishini prognoz qildi.
Super engil vazn: Aleksandr Pantoja;
O‘ta engil vazn: Merab Dvalishvili;
Yarim engil vazn: Iliya Topuriya;
Engil vazn: Islom Maxachev;
Yarim o‘rta vazn: Belal Muhammad;
O‘rta vazn: Xamzat Chimaev;
Yarim og‘ir vazn: Ankalaev/Perreyra.
Eslatib o‘tamiz, Aspinallning o‘zi ham anchadan buyon UFC chempioni Jon Jonsga qarshi jang o‘tkazishga intilayotgan edi, ammo bu bahs 2025 yilda bo‘lib o‘tishi hozircha noma’lum. Shuningdek, Jons va yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Aleks Perreyra o‘rtasida ehtimoliy jang haqida mish-mishlar bor.
Fikrlar