
APLda Uels jamoalari soni ortadigan bo‘ldi
Chempionshipning so‘nggi turida qayd etilgan natijalarga ko‘ra, Uelsning “Kardiff Siti” klubi APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Kardiffliklar mavsum davomida 90 ochko to‘plashdi va kelgusi yili Premer-ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, Uelsning "Suonsi Siti" klubi ham bir necha mavsumdan buyon APLda ishtirok etib keladi.
Bundan oldin “Vulverxempton” klubi ham APLga chiqish vazifasini uddalagan edi.
Uchinchi yo‘llanma uchun esa “Fulxem”, “Aston Villa”, “Midlsbro” va “Derbi Kaunti” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
Yarim finalda “Fulxem” “Derbi Kaunti” bilan, “Aston Villa” esa “Midlsbro” bilan bahs olib boradi.
Fikrlar