
Ayollar futboli. U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi
2019 yil Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Ushbu saralash bosqichida U-16 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy, Iordaniya, Guam hamda Shri-Lanka terma jamoalari bilan A guruhidan joy oldi.
Saralash o‘yinlari 2018 yil 15 sentyabr kunidan 23 sentyabr kuniga qadar Shri-Lankaning poytaxti Kolombo shahrida bo‘lib o‘tadi.
Quyida qur’a natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
"A" guruhi: Xitoy, O‘zbekiston, Iordaniya, Guam, Shri-Lanka
"V" guruhi: Laos, Hindiston, Gonk-Kong, Pokiston, Mo‘g‘uliston
"S" guruhi: Tailand, Eron, Shimoliy Mariana orollari, Singapur, Tojikiston
"D" guruhi: Avstraliya, Xitoy Taypetsi, Qirg‘iziston, Falastin, Indoneziya
"E" guruhi: Filippin, Myanma, Malayziya, Nepal, Suriya
"F" guruhi: Bangladesh, Vetnam, BAA, Bahrayn, Livan
Fikrlar