"Bavariya" Xabi Alonsoga o‘rinbosar topdi

  • 15 may, 2017, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


Gelzenkirxenning “Shalke 04” jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretska mavsum yakunida boshqa jamoaga o‘tishga yaqin turibdi.

Bild nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining yangi klubi Myunxenning “Bavariya” jamoasi bo‘ladi. Ayni damda tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Goretskining transferi nemis grandiga 20 million evro tushishi mumkin.

Biroq “Shalke 04” futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas va unga yangi kelishuv taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!