"Bavariya" so‘nggi 8 yil ichidagi eng yomon startni qayd etdi

  • 11 noyabr, 2018, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Myunxenning “Bavariya” klubi kecha Bundesliganing 11-turida Dortmundda “Borussiya” mehmoni bo‘ldi va 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Niko Kovach shogirdlari ayni damda 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog‘onasida borishmoqda. Gracenote nashri tarqatgan xabarga qaraganda bu “Bavariya”ning so‘nggi 8 yil ichida Bundesligadagi eng yomon starti bo‘ldi.

Eslatib o‘tish lozimki, so‘nggi marta 2010/2011 yilgi mavsumda Lui van Gal boshqaruvidagi "Bavariya" 11ta turdan so‘ng 16 ochko to‘plagan edi. O‘sha mavsumda myunxenliklar mavsumni 2-o‘rinda yakunlashgan edi.

Qayd etish kerakki, agar "RB Leyptsig" hamda "Ayntraxt" klublari bugun o‘zlarining 11-tur uchrashuvlarida g‘alaba qozonishsa, "Bavariya" 5-o‘ringa tushib ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!