
Bu qiziq. Premer-ligada EChLda g‘olib chiqqan futbolchilarning eng ko‘pi "Stok Siti"da o‘ynaydi
PSJdan Xese Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olgan “Stok Siti” Angliya premer-ligasi jamoalari orasida tarkibida eng ko‘p EChL g‘olibi bo‘lgan futbolchilarga ega jamoa bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, “Stok” tarkibida Xesedan tashqari Boyan Krkich, Jerdan Shakiri, Iboxim Afellay va Darren Fletcher kabi Chempionlar ligasi g‘oliblari to‘p surishadi.
Bu borada “Chelsi” (4ta), “Manchester Siti” (3ta), “Manchester Yunayted” (2ta), “Arsenal” (1ta) va “Liverpul" (1ta) ko‘rsatgichga ega.
Fikrlar