
Eden Azar: Men Messi darajasida emasman
“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar o‘zini “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan tenglashtira olmasligini aytib o‘tgan.
– Men uchun zamonaviy futbol afsonalari - Ronaldino, Zidan va Rikelme. Keyin esa Messi. Uning to‘p bilan harakatlari butunlay o‘zgacha. Men o‘zimni unga tenglashtira olmayman. Buni boshqalar qilishi mumkin, – deydi Azar.
– Men shuncha muxlislarni xursand qilishni xohlayman. Odamlar stadionlarga kelib, futbol va spektakldan zavq olishlarini istayman. O‘yinchilarning vazifasi ularni xursand qilish.
Fikrlar