
Gamburg-2017: Finallarda O‘zbekiston – Kuba qarama-qarshigi bo‘ladi(batafsil)
Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bahslariga yakun yasaldi.
52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov yarim finalda koreyalik bokschidan ustun keldi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Ikkinchi yarim final jangida esa kubalik Yosvani Veitia rossiyalik Tamir Galanov bilan bahs olib bordi. Ushbu jang 3:2 hisobida kubalik bokschining g‘alabasi bilan yakuniga etdi.
Shu tariqa, Jasurbek oltin medal uchun jangda Yosvaniga qarshi ringga ko‘tariladi.
69 kg vazn toifasidagi bokschimiz Shahram G‘iyosov yarim finalda qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovni 4:1 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.
Unga endi yarim finalda mezbonlar vakili bo‘lgan Abbas Barau ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonga kubalik Roniel Iglesias raqiblik qiladi.
Quyida barcha bokschilarimizning finaldagi raqiblari bilan tanishtiramiz.
Boks bo‘yicha jahon chempionati. Final
2 sentyabr (shanba)
49 kg
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Yoan Argilagos (Kuba)
52 kg
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Yosvani Veitia (Kuba)
64 kg
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Endi Krus Gomes (Kuba)
69 kg
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Roniel Iglesias (Kuba).
Fikrlar