
Gvardiola “MYu” futbolchisini maqtadi
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Maykl Karrikni maqtadi.
Murabbiyning aytishicha, “MYu”dan faqatgina Karrikni “Barselona”ga taklif qilish mumkin.
“Men Karrik iqtidorining shaydosi sanalaman. U men hayotimda ko‘rgan eng yaxshi yarim himoyachilardan biridir. Maykl Xabi Alonso va Serxio Busketslar bilan bir xil saviyadagi futbolchidir”, - deb murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirib o‘tdi Mirror nashri.
Fikrlar