Koutinoning muammosi (Erkin G‘aybullaev blogi)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Koutino 2018-yilning 6-yanvarida «Barselona» safiga ko‘chib o‘tgandi. Ammo 2019-yilning 6-yanvarida u «Xetafe»ga qarshi o‘yinni zaxirada boshladi. U o‘yin yakunida bir necha daqiqa maydonda harakat qildi. Yaxshi taassurot qoldirish uchun unga vaqt etmadi.

Ushbu o‘yin braziliyalik futbolchining La Liga doirasida qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda zaxirada qoldirilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Uning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi uzoq sarguzashtga aylanib ketganini eslasak bunday futbolchi noqulay vaziyatda qolib ketayotganini achinarli, albatta.

«Liverpul», «Real Madrid» va «Espanol» muxlislari uning hozirgi holatidan baxtli ekanliklari shubhasiz. Jahon darajasidagi futbolchining omadsizlikka uchrayotgani o‘zaro uchrashuvlarda qo‘l keladi, axir.

Ammo bunga sabab nima? Jahonning eng qimmat uchinchi futbolchisi va «qizillar»ning eng qimmat transferi nega «Barsa»da o‘z o‘rnini topa olmayapti?

Hammasi 2017-yilda kataloniyaliklar Neymarni yo‘qotishi ortidan boshlangandi. Uning transferi ortidan klub o‘z e’tiborini Koutinoga qaratdi, oradan ko‘p o‘tmay ular yangi nishon – Usmon Dembelega qaratishdi. «Ko‘k-anorranglilar» Koutinoni Andres Inestaning o‘rinbosari sifatida ko‘rayotganini tilga oldi. Neymarning o‘rnini esa Dembele to‘ldirigi mumkinligini e’tirof etdi.

Albatta, «Liverpul» o‘z etakchisini qo‘yib yuborishni istamadi va Koutino ma’lum vaqt orzusiga erisholmadi. Dembele esa aksinga ispan klubiga o‘tdi. Ammo jiddiy jarohat olishi uni Yangi yilgacha tomoshabinga aylantirib qo‘ydi. Tarkibda bitta iqtidorning kamayishi ortidan Valverdening 4-3-3 o‘yin sxemasi hech qanaqasiga ish bermadi. Murabbiy Messi vinger sifatida o‘ynashi ortidan himoyalana olmasligini yo‘qotish maqsadida 4-4-1-1 o‘yin uslubiga o‘tdi.

Ushbu tizim ish berdi va «Barsa» Messining daholigiga yana bir bor tan berdi. Bu orada klub yana «Koutino ishi»ga qaytdi va yanvarda uni olib kelishning uddasidan chiqdi.

Koutinoning 4-3-3 o‘yin uslubida markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynashi katta tavakkal hisoblanadi. Boisi u etarlicha himoyalana olmaydi. 4-4-1-1 da esa u chap qanotda qisman yarim himoyachi, qisman vinger va qisman hujumkor yarim himoyachiga aylanishi mumkin. Bu uning o‘yiniga mos tushardi. Bunday tizimda u faoliyatini ajoyib tarzda boshlashga erisha oldi. U Qirol Kubogi finalida eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatdi. Mavsumdagi yagona mag‘lubiyat – «Levante»ga qarshi xet-trikka erishdi.

Joriy mavsumda nima o‘zgardi?

Inesta ketdi. Valverde esa yana 4-3-3 o‘yin tizimiga qaytdi. 4-4-1-1 sxemasi ham yaxshi edi, biroq endi tarkibda hujumkor futbolchilar ko‘payib ketgan.

4-3-3 da Koutino muammolarga duch keladi. Buni u Braziliya bilan Jahon Chempionatida his qilib ko‘rdi. U uch kishilik yarim himoyada qattiqroq mehnat qila oladi. Ammo u pozitsion himoyalanishda no‘noq va bu jamoasini og‘ir ahvolga solib qo‘yadi.

Messining «o‘ng qanot vingeri» sifatida harakatlanishi esa o‘ng qanotda bo‘shliqni yaratadi va bu raqib qarshi hujumini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lmoqda. Uni Rakitich yoki Serxi Roberto to‘ldirishga majbur.

Shu faktorlar sabab «Barsa» mavsum startida qiyinchilikka uchradi. La Liganing naq to‘rt o‘yinida ular g‘alaba nimaligini bilishmadi.

O‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi Valverde yana sinalgan 4-4-1-1 uslubga qaytdi va braziliyalik futbolchi asosiy tarkibga qaytdi. «Espanol»ning sobiq vakili bir qancha muhim uchrashuvlarni o‘tkazdi. Ammo juda yaxshi o‘ynay olmadi.

Kutilmaganda u jarohat olib bir necha hafta klubga yordam bera olmadi. Bu vaqtda esa Dembele nihoyat o‘z o‘yinini topa boshladi. 4-3-3 o‘yin uslubida Dembele va Koutino ikkalasini o‘ynatish mumkin. Biroq 4-4-1-1 da ulardan faqatgina bittasi o‘ynashi mumkin. O‘tgan mavsumda bo‘lganidek Koutinoda imkoniyat yuqori. Ammo Dembele «Atletiko»ga qarshi 90-daqiqada gol urib muhim bir ochkoni olib berganidan keyin murabbiyning unga bo‘lgan ishonchi tobora ortdi.

O‘shandan keyin frantsiyalik vinger har bir o‘yinda o‘z gollari yoki golli uzatmalari bilan barchani xushnud eta boshladi. Bu esa Koutinoning «zaxiraga mixlanib» qolishiga olib keldi.

Braziliyalik iqtidor egasining tarkibda qiladigan ishi qolmadi. Dembele Inesta bajarganidek chap qanotda a’lo darajada o‘ynay boshladi. Muvozanatni saqlash esa Valverde uchun katta tavakkal hisoblanadi. 4-2-3-1 o‘yin sxemasida ikkovlon asosiy tarkibda o‘ynashi mumkin. Ammo bu hali sinovdan o‘tganicha yo‘q.

Hozirgi vaziyatda Koutino Dembele yoki Suaresning sport formasini yo‘qotishini kutishdan boshqa chorasi yo‘q. Valverde Koutinoning transferi 100 million evrodan ortiq bo‘lganiga qaramay u barqarorlikni ushlab qolish uchun harakat qiladi.

Koutinoning «chiqib qolishi» osmondan tushgani yo‘q. Bu taktik ishlanmalarning natijasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
10/01/2019 21:14
Коутиньо муаммоси Вальвердеда. Уни жойлаштира олмаяпти.