Krimetsning jamoadoshi Braziliya termasiga chaqirildi

  • 10 avgust, 2017, 20:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite jamoasining JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Ekvador va Kolumbiyaga qarshi kechadigan o‘yinlar uchun terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar nomini elon qildi.

E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy  terma jamoasi va Xitoyning “Beyjing Guoan” jamoasi himoyachisi Egor Krimetsning jamoadoshi Renato Augusto ham Titedan chaqiriq oldi.

Quyida ushbu o‘yin uchun termaga jalb etilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxat bilan tanishtiramiz.

Darvozabonlar: Alisson («Roma», Italiya), Kassio «Korintians», Ederson («Manchester Siti», Angliya);

Himoyachilar: Dani Alves, Markinos, Tiago Silva (barchasi – «PSJ», Frantsiya), Fagner («Korintians»), Marselo («Real», Ispaniya), Rodrigo Kayo («San-Paulu»), Filipe Luis («Atletiko», Ispaniya), Miranda («Inter», Italiya);

Yarim himoyachilar: Fernandino («Manchester Siti», Angliya), Kazemiro («Real», Ispaniya) Juliano («Zenit», Rossiya), Paulino («Guanchjou Evergrand», Xitoy), Filippe Koutino («Liverpul», Angliya), Renato Augusto («Beytszin Guoan», Xitoy), Villian («Chelsi», Angliya), Luan («Gremio»);

Hujumchilar: Gabriel Jezus («Manchester Siti», Angliya), Tayson («Shaxter», Ukraina), Neymar («PSJ», Frantsiya), Roberto Firmino («Liverpul», Angliya).

Ma’lumot uchun, “pentakampeonlar” 29 avgust kuni Ekvador, 6 sentyabrda esa Kolumbiya bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!