Lopetegi qo‘li ostida “cho‘kib ketgan” “Oltin to‘p” uchun nomzodlar

  • 31 oktabr, 2018, 16:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2018-yilgi “Oltin to‘p” uchun nomzod bo‘lgan sakkiz futbolchi Xulen Lopetegi qo‘li ostida o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘yishdi va ushbu nufuzli individual sovringa ega chiqish imkoniyatlari keskin tushib ketdi.

Tecno

So‘nggi Chempionlar Ligasining amaldagi g‘oliblari Xulen Lopetegi boshqaruvida La Liganing to‘qqizinchi pog‘onasiga tushib ketishi ortidan atigi to‘rt oycha ishlaganiga qaramay qoniqarsiz natijalari tufayli o‘z lavozimidan ozod etildi.

Ispaniya termasining sobiq murabbiyi “Santyago Bernabeu”da qiyinchilikka duch keldi va dushanba kuni klub u bilan xayrlashdi. Madridliklarning sakkiz futbolchisi “Oltin to‘p”ning bu yilgi egasi bo‘lish uchun laureat bo‘lgani ularning yutish imkoniyatlarini tushirib yuborgani ham rost. Ular bundan ham yaxshiroq natija qayd etishlari mumkin edi.

Lopetegining kuchsiz qarorlari tufayli yangi mavsumning 14 o‘yinida ular o‘z murabbiyiga hech qanday yordam bera olishmadi.

Xo‘sh, ushbu futbolchilar kimlar?

Tibo Kurtua (8 o‘yin)

Lopetegining yangi transferi bo‘lgan Kurtua Keylor Navasni almashtirishdan oldin o‘z vaqtini biroz kutishiga to‘g‘ri keldi. “Barselona”dan o‘tkazib yuborilgan beshta golga qaramay murabbiyning noto‘g‘ri qarorlari tufayli “Chelsi”ning sobiq darvozabonini ayblash qiyin.

Rafael Varan (12 o‘yin, 0 gol)

Varan va Ramos juftligi Evropaning eng yaxshi himoya juftligi edi, ammo 2018-19-yilgi mavsumda ular qiyinchilikka to‘qnash keldi. Varan Chempionlar Ligasining so‘nggi o‘yinidagi kuchsiz o‘yini va “El Klassiko”dagi o‘ziga umuman o‘xshamagan o‘yini tufayli birinchi bo‘limdan keyinoq almashtirildi.

Serxio Ramos (13 o‘yin, 3 gol)

Ramosni Zidan qo‘li ostidaligidayoq axmoqona qarorlar qabul qilishda ayblash mumkin. Ammo u Lopetegi qo‘li ostida umuman o‘yini chiqmadi. Jamoa sardori “Kamp Nou”da raqiblariga umuman qarshilik qila olmadi.

Marselo (10 o‘yin, 3 gol)

Braziliyalik himoyachi Lopetegini qutqarib qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. U bosh murabbiyning kutilmaganda “yashirin quroli”ga aylanib oldi va qatorasiga uch o‘yinda muhim gollarni urdi. Biroq bu etarli bo‘lmadi.

Luka Modrich (14 o‘yin, 0 gol)

Modrich barcha 14 o‘yinda ishtirok etdi, ammo Jahon Chempionati finalchisini “Inter”ga o‘tishi borasidagi transfer mish-mishlari ancha bo‘shashtirib qo‘yganga o‘xshaydi. Bu yilgi “Oltin to‘p”ni yutishi kutilgan xorvatiyalik yarim himoyachi eng yuqori sport formasini namoyish qila olmayapti.

Isko (10 o‘yin, 2 gol)

Terma jamoadagi hamkorligiga qaramay Lopetegi Iskodan klubda kamroq foydalandi. 10 o‘yinning sakkiztasini ispaniyalik yarim himoyachi ilk daqiqalardan boshlagan. Xulen Lopetegi ko‘proq Marko Asensioni Iskoga raqobatchi sifatida qo‘lladi. Isko Zidan qo‘li ostida asosiy futbolchiga aylangandi. Biroq undagi barqarorlik bu mavsumda ko‘rinmayapti.

Garet Beyl (12 o‘yin, 4 gol)

Chempionlar Ligasi finalidagi yorqin o‘yin va jamoada Krishtianu Ronalduning yo‘qligi Beyl uchun katta imkoniyatlar darvozasini ochib berishi kutilgandi. U mavsumni Lopetegi qo‘li ostida kuchliroq boshlashga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq ko‘p o‘tmay barchasi sarob ekani ma’lum bo‘ldi.

Karim Benzema (14 o‘yin, 6 gol)

Benzema Zidan boshqaruvi vaqtida ham katta xavf ostida qolib ketgandi. Barcha muxlislar bir ovozdan uni ketishini istashdi. Ronalduning ketishi ortidan va klubda birorta kuchliroq hujumchining yo‘qligi sababli frantsiyalik hujumchi tarkibda qoldirildi. Biroq yangi murabbiy boshchiligida ham u o‘zini ijobiy tarafdan ko‘rsata olmayapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!