"Manchester Siti" darvozaboni penalti tepmoqchi

  • 24 aprel, 2018, 08:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Siti» klubi darvozaboni Ederson Moraes Angliya premer-ligasida gol urish istagi borligini aytib o‘tdi.

“Muxlislar “Suonsi”ga (5:0) qarshi bahsdagi penaltini men tepishimni so‘rab hayqira boshlashdi, lekin nuqtaga Gabriel Jezus keldi. U gol ura olmadi, lekin Bernardu Silva qaytgan to‘pga aniq zarba berdi. Agar o‘sha payt murabbiy meni tepishimni aytganida, men aniq gol urar edim.

Menga standartlarni berishmasa kerak. Lekin penaltini yaxshi tepaman. “Manchester Siti”da penaltilarni tepadigan futbolchilar ro‘yxati bor. Ammo, Pep mendan tepishni so‘rasa, men bunga tayyorman. Umid qilamanki bu orzuim mavsum yakuniga qadar amalga oshadi. Men gol urishni istayman”, - deydi braziliyalik posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!