Millatlar Ligasi: Ispaniyaning «Real» muammolari

  • 17 oktabr, 2018, 22:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshi hujumga asoslanib o‘ynagan yoshargan Angliya Ispaniyani 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. So‘ngg vaqtlarda ancha yorqin futbol namoyish qilayotgan Luis Enrike shogirdlari kutilmaganda Sautgeyt termasiga yutqaziyu qo‘ydi. Quyida ushbu uchrashuvdan qilingan xulosalarni tahlil qilamiz.

Buni kutilmagan deyayotganimizga sabab Ispaniya 38 uchrashuvdan beri ilk bor yutqazib qo‘ydi. Ammo Angliya Ispaniyani haqli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Xo‘sh, Millatlar Ligasining ushbu uchrashuvidan nimalarni o‘rgandik?

Reshford va Sterlingning yordami

Xarri Keyn Angliya tarkibida Xorvatiyaga qarshi golsiz uchrashuvdan keyin qariyb 500 daqiqalik golsiz seriyasini davom ettirayotgan bir paytda uni butun mamlakat tanqid qilmoqda. Biroq u bo‘lmasa termada gol uradigan boshqasi topiladi. Kecha buni Reshford va Sterlinglar ijro etib berishdi.

Sevilyaga safar qilgan yoshargan angliyaliklar katta bosim ostida qolishgandi. Shunga qaramay ular ispanlarni parchalab tashladilar.

Inglizlarning barcha gollariga yosh va g‘ayratli Reshford va Sterlinglar mualliflik qilishdi. Garet Sautgeytning yashirin «qurol»lari Luchoning mustahkam himoyasini yorib o‘tishning uddasidan chiqdi. Angliyaning ushbu ikki futbolchisi ko‘pchilik tomonidan qattiq tanqid ostida qolib ketayotgandi. Ammo «uch sherlar»ning baxtiga ular bu safar o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatishdi.

Ispaniyaning «Real» muammolari

Ispaniya ommaviy ravishda «Real» futbolchilarini tarkibga yig‘gan. Asosiy tarkibda Serxio Ramos, Nacho va Marko Asensio harakat qilgan bo‘lsa, zaxiradan Dani Sebalos o‘yinga qo‘shildi. Bundan tashqari ilk daqiqalardan o‘ynagan Markos Alonso va Rodrigolar ham «Real Madrid» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Bir vaqtlar terma jamoani «Barselona» futbolchilari bosib ketganda o‘yin ham kataloncha uslubda bo‘lardi. Endi milliy termada «Real» vakillarining salmog‘i borligi sabab o‘yin ham madridcha ko‘rinishda bo‘lmoqda. Bu ham yaxshi, ham yomon.

Yaxshiligiga sabab, Ispaniyaning ikkinchi bo‘limdagi «kambek»i top-toza «qirollik klubi» uslubida sodir bo‘ldi. Raqibni ortga qaytishga majbur qildi. Sebalos tushishi bilan to‘p nazorati ham ortda. Bosh bilan urilgan ikkala golning barchasi (ikkinchisi so‘nggi daqiqalarda urilgan e’tiborga loyiq) «Real»cha bo‘ldi.

Yomon tomoni esa birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynashdi. Tartib yo‘q, to‘p nazorati yo‘q. Buskets yarim himoyadagi ikki sherigidan ajralib qolgan. Hujumchilar tezkor pas kutib yurishdi. Himoyaga keladigan bo‘lsak bu ham «Real» xarakteriga mos ravishda bo‘ldi. Markos Alonso Luis Enrikening injiqligi sabab tarkibga chaqirilmagan Jordi Albani hali to‘ldira olmasligini bildirib qo‘ydi. U juda ojizlik qildi.

Jamoa sardori Ramos va Nacholar haqida gapiradigan bo‘lsak, ikkalasi ham eng yomon uchrashuvlaridan birini o‘tkazishdi. Biroq Nachoni ayblash qiyin. U faoliyati davomida terma jamoa uchun asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmagan. U Keynni tutib turishning uddasidan chiqa olmadi. O‘tkazib yuborilgan gollarda pozitsion xatolarga yo‘l qo‘ydi. U xatto klubda ham asosiy tarkib vakili hisoblanmaydi. Kechagi uchrashuvda Nacho klubdoshiga munosib sherik bo‘lishga ojizliq qildi.

Dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo‘lib kelgan Ramos kecha himoyalanishdan ko‘ra hujum qilishni bopladi. Jamoa sardori Erik Dayerga qarshilik qilishda qiynaldi. Aynan u himoyani tartibga solishda bosh-qosh bo‘lishi kerak edi. U himoyadagi sherigi Jerar Pikesiz ancha kuchsizlanib qolgani yaqqol bilindi.

Jordan Pikfordning ishonchli o‘yini

Pikford zamonaviy darvozabon emas. U top saviyadagi darvozabon ham hisoblanmaydi. Unga qarab haqiqiy ingliz darvozabonini ko‘rish mumkin. Yugurishda kuchli, seyv qilishi dargumon, oyoqda to‘p bilan muomala qilishda ojiz.

Shunga qaramay kecha Pikfordni to‘p bilan muomala qilishi uning eng kuchli jihatiga aylandi. Pikfordning uzatmalari Angliyaning dastlabki ikki goli uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning uzoqqa to‘pni etkazib berishi yakuniy natijaga ta’sir qildi.

Agarda bu ketishda bo‘lsa grand termalarga qarshi o‘ynashda Pikfordning bu mahorati juda asqotishi tabiiy.

Alkaser porlashda davom etmoqda

Pako Alkaser ushbu mavsumda har 27 daqiqada gol urmoqda. U kecha uchrashuv tugashiga 34 daqiqa qolganida tushirilayotganda jahli chiqqan bo‘lsa ajabmas. U bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Pikford darvozasiga boshi bilan to‘pni joylab qo‘ydi va termadoshlariga kuch bag‘ishlagandek bo‘ldi.

Klub va termasi uchun 10 zarba yo‘llagan hujumchi 100 % lik natija ko‘rsatgan. 10 zarba 10 gol! Har qanday hujumchi xavas qilsa arziydi. Ayniqsa bunday natijaga omadsiz mavsumni o‘tkazganidan keyin ko‘rsatishi ahamiyatli. U bu ketishda o‘ynasa, asosiy tarkib hujumchisiga aylanigi hech gapmas.

Angliyaning romb shaklidagi o‘yini

Angliya kechagi uchrashuvda 4-3-3 o‘yin sxemasida harakat qilgan bo‘lsada, haqiqatda ko‘proq romb shaklida o‘ynadi. Sterling o‘ng qanot vingeri vazifasini bajara olmaydi, u ko‘proq markazga yaqin joyda harakat qildi.

Sterling va Reshford hujumda harakat qilgan bo‘lsa, Xarri Keyn an’anaviy tarzda hujumni yakunlovchi vazifasini bajardi. U kamdan-kam hollarda ispan himoyasini yorib o‘tishga urinib ko‘rdi.

Sautgeyt Keynni Dayer bilan birga Busketsga bosim uyushtirishda ham sinab ko‘rdi. Bu esa o‘z mevasini berdi. Garet Sautgeytning mukammal o‘yin uslubi Luis Enrikeni mag‘lub etganini butun dunyo ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!