Modrich sudga boradi

  • 7 iyun, 2017, 20:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich xamda “Liverpul” klubi futbolchisis Deyan Lovren “Dinamo Zagreb” klubining sobiq prezidenti Zdravko Mamichning sud jarayonida guvoh sifatida ko‘rsatma beradi.

Sud majlisi kelgusi haftda Xorvatiyaning Osiek shahrida bo‘lib o‘tadi. Luka Modrich o‘z ko‘rsatmalarini 13 iyunda, Lovren esa undan keyin beradi deb xabar bermoqda AFP nashri.

Har ikkala futbolchi milliy prokuror so‘roq qilinadi va ularning ko‘rsatmalari xal qiluvchi bo‘lishi aytilmoqda. Modrich 2008 yil “Dinamo”dan “Tottenxem”ga qanday qilib transfer qilinganini, Lovren esa 2010 yil Zagreb klubidan qanday qilib “Lion”ga borib qolganini hikoya qiladi.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” sobiq prezidenti Zdravko Mamich xamda uning ukase Zoran Mamichlar soliqlardan bo‘yin tovlash va yana turli xildagi jinoyatlarda ayblanmoqda. 2015 yilning noyabrida Mamichni qo‘lga olishgan edi. Biroq u tovon puli to‘lab ozodlikka chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!