Osiyo kubogi – 2019. Guruh bosqichida albatta ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 8 uchrashuv (Shahzod Xolboev blogi)

  • 5 yanvar, 2019, 02:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turnir tarixidagi eng katta musobaqaga qiziqish har doimgidan ham kuchli. Bugun biz guruh bosqichidagi eng qiziqarli o‘yinlar o‘nligini tuzishga harakat qilib ko‘rdik.

Tecno

BAA – Bahrayn

Har bir turnirning ochilish o‘yinlari doimo qiziqarli o‘tgan va bu safar ham shunday bo‘lsa ajab emas. BAA terma jamoasi o‘z uyida o‘tadigan turniga qay darajada tayyor ekanligini ilk uchrasuvdayoq bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, bu jamoalar bundan 4 yil oldin Avstraliyadagi qit’a birinchiligida ham o‘zaro duch kelishgan va unda 2:1 hisobida Mahdi Ali shogirdlari zafar quchishgan. 14-soniyadoq Ali Mabhut kiritgan gol ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.

Janubiy Koreya – Filippin

vafkac6ocikpzdumoejg

C guruhining ilk turida muxlislar grand va debyutant jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishadi. Ikki bor Osiyo kubogida g‘olib chiqqan “yo‘lbarslar” internatsional tarkibga ega bo‘lgan Filippinni mag‘lub etishiga hech kim shubha qilmayapti. Ammo debyutant jamoaning ishtiroki baribir muxlislar uchun ancha qiziq bo‘lsa ajab emas.


Ummon – O‘zbekiston

Terma jamoamizning o‘yiniga hech bir yurtdoshimip befarq bo‘lmasa kerak. Ektor Kuper boshqaruvidagi ilk rasmiy bellashuv qanday o‘tishi esa ko‘pchilikka qiziq tuyulmoqda.

Albatta, bu uchrashuvda ko‘pchilik bosh jamoamizdan g‘alaba kutmoqda va umid qilamizki, futbolchilarimiz buni uddalay olishadi.


O‘zbekiston – Turkmaniston

gwkuspjg7w6eqxbslcwt

Markaziy Osiyi derbisi. Derbilar doimo keskin kurashlar ostida murosasiz kechgan. Ammo bu safar ko‘pchilik qo‘shnilarimizning imkoniyatlarini juda ham past baholamoqda. Biroq 15 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogiga qaytgan Turkmaniston BAAga sayohat uchun kelib ketmasa kerak.

Darvoqea, bu jamoalar 2004 yilgi qit’a birinchligida ham o‘zaro duch kelishgan va o‘shanda Aleksandr Geynrix tomonidan kiritilgan yagona gol jamoamizga g‘alaba keltirgan edi.


Avstraliya – Suriya

d496544fdf677c31d8db4a3b0a1a2c38

Bu ikki jamoa JCh-2018 saralash bosqichi doirasida ham o‘zaro duch kelgan va suriyaliklar sal bo‘lmasa “yashil qit’a” vakillarini guruhda qoldirib ketay deyishgan edi.

Bu safar ham Avstraliyaga oson bo‘lmasligi aniq. Faqat bu qarama-qarshilik 3-turda bo‘lishi rejalashtirilgan va unga qadar pley-off masalasi hal qilib bo‘lingan bo‘lishi ham mumkin.


Janubiy Koreya – Xitoy

wm8n5f0hdh9fdy9l40tn

Sharqiy Osiyo mintaqasining ikki grand jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar doimo gollarga va kurashlarga boy tarzda kechgan. Buni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida ham ko‘rgan edik. Marchelo Lippi shogirdlari so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarida salbiy natija qayd etganliklariga qaramay ularning imkoniyatlarini hech kim hozircha past baholayotganicha yo‘q.


Eron – Iroq

Bu jamoalar o‘rtasidagi bahslarni fors derbisi ham deb atashadi. 2015 yilgi qit’a birinchiligida mazkur termalarning yo‘llari chorak finalda o‘zaro kesishgan edi va asosiy hamda qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmagach (3:3), yarim finalga yo‘l oladigan jamoani aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etilgan va unda iroqliklar 7:6 hisobida g‘alaba qozongan edi.


O‘zbekiston – Yaponiya

Ko‘pchilik terma jamoamizning asl kuchini aynan ushbu o‘yinda ko‘ra olamiz deb hisoblamoqda, ammo bir narsani unutmaslik kerakki, kunchiqar yurt vakillari BAAga bir qator etakchi futbolchilarsiz kelishgan. Shunday bo‘lsada, Yaponiyaning ikkinchi tarkibi ham bizga etarlicha muammo tug‘dirishi tayin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!