O‘zil Emeri taktikasiga moslashib keta oladimi? (Erkin G‘aybullaev blogi)

CHERY AUTO

«Arsenal»dagi boshqaruviga besh oydan ortiq o‘tgan muddat ichida Emeri uchrayotgan jumboq bu O‘zil bo‘lib kelmoqda. Mesut O‘zil «to‘pchilar»ning katta topishmog‘iga aylanishga ulgurdi. Hamma uni yuqori saviyali pleymeykerlikdan tashqarida qolib ketayotgan zaxira o‘yinichisiga aylanib borayotganini kuzatib kelmoqda. Bunga uning olgan sirli jarohati ham sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Emeri va O‘zil o‘rtasida avgust oyidan boshlangan qarama-qarshilik tufayli klubning eng ko‘p maosh oluvchisining 2021-yilgacha amal qiladigan shartnomasi borligiga qaramay boshqa jamoaga o‘tishi borasidagi gap-so‘zlar tinmayapti.

Aslida, O‘zil Arsen Vengerning talablariga ham javob berardimi? Yoki unga o‘tish davri ta’sir qilmoqdami?

Qachondan va nega O‘zil Emeri qo‘li ostida o‘ynay olmayapti?

«Arsenal»ning yangi bosh murabbiyi futbolchilardan kuchli bosim uyushtirish va o‘zini ishga qurbon qilishni talab qilmoqda. Shu sababli u tarkibdan qo‘shimcha mashg‘ulotlar seansini o‘tkazishni va yaxshilanishga bo‘lgan chanqoqni talab qilmoqda.

Bu Vengerning «bilganingizni qiling» tamoyilining tamoman aksi hisoblanadi. O‘zil ham yoshligidan beri bunday ishlashga umuman ko‘nikmagan.

Faqatgina Joze Mourino 20102013-yillar oralig‘ida o‘z hujumchilariga oldingi chiziqda erkin harakatlanish imkonini bergan. O‘zil raqibga bosim uyushtirishni yoqtirmaydi. Opta ga ko‘ra, U bu mavsumda har 90 daqiqada o‘rtacha 3.93 marta to‘pni raqibdan olib qo‘ygan. Har o‘yinda – 10.28 km yugurgan. Bu Aaron Remzidan ikki km kam degani. O‘z pozitsiyasidagi boshqa futbolchilardan naq yarimiga kam.

Ammo statistika harakatsiz O‘zilning muhimligini anglatmaydi. Uning qolgan tarkibga bo‘lgan ta’sirini past baholab bo‘lmaydi.

Uning avgust oyida «Chelsi»dan 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan vaqtda 68-daqiqada maydonga tushirilishini Emeri «Chelsi»ning bosimini to‘xtatish uchun qilingan qadam» deya baholagandi.

Yuqori bosimli tizimda Emeri har bir shogirdidan to‘pni olish uchun raqibga kuchli bosim uyushtirishni so‘raydi. Albatta bu Emerining faoliyati boshlanishi. Bu hali iziga tushib ketishi mumkin. chunki dekabrda bergan intervyusida Emeri «O‘zil hali jismoniy va ruxan tayyor emasligi tufayli» maydonga tushirilmayotganini ta’kidladi.

Demak, hali umid qilsa bo‘ladi.

O‘zilning kam chidamliligiga qaramay «Vulverxempton» va «Kristal Pelas»larga qarshi bahsda jamoasiga katta foyda keltirgandi.

Nega O‘zil Emeri o‘yin sxemasida o‘ynab keta oladi?

Nazariy jihatdan germaniyalik futbolchi Emeri uchun qarshi hujum tizimida eng ideal futbolchi hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis raqibni himoyadan turib birgina pas evaziga tutishni maqsad qilgan.

Emerining futbolchilari so‘nggi himoyachi sifatida uzatmani amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Buni eng yaxshi yaratuvchan futbolchi O‘zildan boshqasi qila oladimi?

«Liverpul» O‘zilga qarshi noyabr oyida ancha qiynalgandi. Germaniyalik futbolchining «Liverpul»ni tahlikaga solishi o‘ng qanotda Ektor Belerinning ochilishiga imkon yaratgandi.

«Lester»ga qarshi (3-1) g‘alabali o‘yinda ham aynan O‘zil Obameyang va Lyakazettni to‘p bilan ta’minlay olgandi. U jamoadoshlari uchun to‘rtta xavfli vaziyat yaratib berdi.

Bularning barchasida O‘zil Emerining 3-4-2-1 o‘yin sxemasida o‘ynab keta olishini ko‘rsatib berdi.

Biroq hozircha Genrix Mxitaryan asosiy tarkibda tushirilmoqda. Biroq uning so‘nggi to‘rt uchrashuvdagi o‘yini unchalik o‘xshamadi.

Uning O‘zilning o‘rniga asosiy tanlovga aylanishiga yagona faktor bu uning qattiq mehnat qilishida. U har o‘yinda raqibning 2.4 uzatmasini yo‘qqa chiqarmoqda. Bu «to‘pchilar» orasidagi eng yuqori natija. Premer Ligada esa ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Remzining mavsum yakunida jamoani tark etishi va armanistonlik futbolchi sport formasida emasligi qarshi hujumda tezkor pas bera oladigan futbolchiga bo‘lgan ehtiyojni orttiradi.

Hozirda buni Aleks Ivobi va Sead Kolashinatslar amalga oshirmoqda. O‘zil esa yangi mavsum boshlanishiga uch oy o‘tsa hamki, o‘z o‘yinini kuchaytirganicha yo‘q. Agarda u ojiz nuqtalarini yaxshilashga erishsa, Emerining asosiy figurasiga aylanishi tayin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!