
Parijliklar “Barselona” ustidan qozonilgan g‘alabani “ko‘tara olmadi” yoxud PSJ – Tuluza 0:0
Kecha Frantsiya chempionatining 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Shu kuni amaldagi chempion PSJ o‘z maydonida “Tuluza” futbolchilarini qabul qildi.
O‘tgan hafta “Barselona” (4:0) ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishgan parijliklar bu safar o‘z maydonida musobaqaning o‘rtamiyona jamoasini yuta olmadi. Yakunih hisob 0:0.
Bu turdan so‘ng PSJ o‘z ochkolari sonini 56taga etkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
PSJ – “Tuluza” 0:0
PSJ: Trapp, Markinos, Maksvell, Ore, Kimpembe, Rabo, Motta, Moura (Ben-Arfa 78), Nkunku (Verratti 46), Draksler (Pastore 71), Kavani.
«Tuluza»: Lyafon, Diop, Mubandje, Amian, Jyullen, Blin (Yago 61), Pi (Somalia 56), Trexo (Toyvonen 81), Braytvayt, Delor, Jan.
Ogohlantirishlar: Kimpembe 17, Amian, Braytvayt 49, Yago 72.
Fikrlar