"Paxtakor" O‘zbekiston klublari amalga oshirmagan ishni qildi

  • 7 noyabr, 2017, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Paxtakor" jamoasi tomonidan futbolchilarning yanada qulay sharoitda mashq qilishi uchun zamonaviy texnologiya xarid qilindi.

"Paxtakor" futbol klubi "Catapult" firmasining yangi texnikasidan o‘yinchilarning mashg‘ulot va uchrashuv paytidagi umumiy jismoniy holatini aniq kuzatish maqsadida foydalanishni boshladi. U futbolchining sog‘lig‘idagi muammolarni o‘z vaqtida bilib, shunga yarasha chora ko‘rishga yordam beradi.

Avstraliya kompaniyasi ilk bor o‘zbek bozoriga kirib keldi. "Paxtakor" ayni paytda O‘zbekiston jamoalari orasida birinchi bo‘lib ushbu qurilmani xarid qildi.

Bugungi kunda "Catapult"da dunyoning 16 mamlakatida 300dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya texnikasidan 35 sport turida 1520dan ortiq jamoalar foydalanadi. Futbolda Braziliya terma jamoasi, "Sevilya", "Chelsi", "Seltik", "Liverpul", "Lester", "Milan", "Bavariya" va "Fenerbaxche" kabi mashhur jamoalar "Catapult" texnologiyalari yordamida futbolchilar holatini nazorat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!