
Pepsi Superliga. “Buxoro” safarda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi
Hozirgina Pepsi Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda kechgan qarama-qarshilikda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Dastavval, 14-daqiqada Arslonmurot Amonov hisobni ochib, buxoroliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan yana 14 daqiqa o‘tgach esa Muhammadanas Hasanov bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Shavkat Salomov birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, “Buxoro”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yakunda esa aynan ushbu gol Ulug‘bek Baqoev jamoasiga 3 ochko olib keldi.
Pepsi Superliga. 12-tur
18.49 "Qo‘qon-1912" - "Buxoro" 1:2 #Tugadi
Gollar: Muhammadanas Hasanov (28) - Arslomurot Amonov (14), Shavkat Salomov (45+1)
"Qo‘qon-1912": 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 18. Bahodir Pardaev (9. Nosir Otaqo‘ziev 46), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (17. Quvondik Ro‘ziev 46), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev, 4. Bahodir Akramov, 5. G‘iyos Komilov, 14. Avazxon Mamatxo‘jaev, 19. Suxrob Berdiev.
“Buxoro”: 1. Akmal Tursunboev, 3. Bobur Amonov, 7. Arslonmurod Amonov, 8. Salamat Qutiboev, 10. Shavkat Salomov (77. Javohir Qahramonov 77), 11. San’at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 22. Shaxboz Erkinov (86. Aziz Ibragimov 75), 27. Robbim Hasanov, 28. Ergash Ismoilov, 89. Sergey Rusetskiy.
Zaxira: 30. Asilbek Amonov, 9. Nozim Umurov, 14. Bahodir Nasimov, 17. Akobir To‘raev, 19. Anvar Jo‘raev, 55. Rahmatullo Berdimurodov, 66. Mirjalol Jumaev, 77. Javohir Qahramonov, 86. Aziz Ibragimov.
Chetlatish: Ergash Ismoilov (90+5)
Qo‘qon. "Markaziy" stadion. 7 842 tomoshabin
Fikrlar