“Qo‘qon-1912” jamoasining tayyorgarlik rejasiga o‘zgartirish kiritildi

  • 16 fevral, 2017, 10:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Qo‘qon-1912” jamoasi Chirchiq shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom etdirmoqda. Tayyorgarlik rejasiga ba’zi o‘zgarishlar kiritildi, deb yozadi klub rasmiy sayti.

Qo‘qonliklarning o‘rtoqlik uchrashuvlari soni oshdi. Ertaga,  17 fevral kuni “Qo‘qon-1912” futbolchilari Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bu uchrashuv JAR stadionining mashg‘ulotlar maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 15:00da boshlanishi belgilangan.

Avvaldan reja qilingan “Sho‘rtan”ga qarshi uchrashuv 18 fevral kuni, soat 15:00 da Sergeli dahasidagi su’niy qoplamali maydonda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek qo‘qonliklar 20 fevral kuni Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. So‘nggi nazorat uchrashuvi esa 23 fevral kuni Qozog‘istonning “Ekibastuz” jamoasi bilan bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!