Ravshan Ermatov guruhi Meksikaga taklif etildi

  • 27 mart, 2018, 14:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro miqyosdagi musobaqalarga o‘zbekistonlik hakamlarni taklif etish an’anasi tobora ortib bormoqda. Ravshan Ermatov timsolida o‘zbekistonlik hakamlar nafaqat Osiyo miqyosida, balki jahon darajasidagi o‘yinlarni ham adolatli va haqqoniy boshqarishib, o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashyapti. Bugunning o‘zida hakamlarimizning ikki guruhi xalqaro musobaqada maydonga tushadi. Valentin Kovalenko boshchiligidagi guruh Livanda, Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlarimiz esa Qatarda Osiyo kubogi saralash o‘yinlarini olib borishga mas’ul qilib belgilangan. Shuningdek, aprel oyida ham vakillarimiz bir qator nufuzli musobaqalarga biriktirilgan. Demak,

Tecno

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.

Livan – Malayziya. Bayrut shahri.

Bosh hakam: Valentin Kovalenko

Qanotlarda: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.

Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

 

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.

Yaman – Nepal. Betaraf sifatida Qatarning Doha shahri tanlangan.

Bosh hakam: Aziz Asimov

Qanotlarda: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.

 

3 aprel. OChL.

“Serezo Osaka” (Yaponiya) – “Jeyju Yunayted” (J.Koreya)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Qanotlarda: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.

 

10 aprel. OFK Kubogi. Mashxat shahri.

“Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn)

Bosh hakam: Sherzod Qosimov

Qanotlarda: RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

Shuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo‘yicha Ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Ravshan Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov aslida 3 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida  “Shanxay Shenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangan edi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan boshqa musobaqa bilan almashtirildi. Unga ko‘ra, vakillarimiz 10 aprel kuni KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida Meksikada o‘tadigan “Amerika FK” (Meksika) va “Toronto" FK” (Kanada) klublari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqarishadigan bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!