
Ser Aleks Fergyuson avtobiografiyasi. Futbolsiz hayot. O‘ninchi bob
Futbol jamiyatiga men "Manchester Yunayted"ga jon-dili bilan berilgan fanatik bo‘lib ko‘rinsam kerak. Lekin vujudimni qamrab olgan ishdan tashqari mening ko‘plab xobbilarim bor edi. Miya faoliyatini chiniqtirish uchun kitoblarim bo‘lardi , erto‘lada esa yaxshi vino saqlardim.
Mening futbolga oid bo‘lmagan hayotim boshqalar uchun mahfiy bo‘lib kelgan. Bu dunyoga men Kerringtondagi mashg‘ulot tugagach yoki navbatdagi match o‘ynab bo‘linib, tahlil qilinib, arxivga jo‘natilgach qaytardim. Oxirgi o‘n yillarda men bor diqqat e’tiborimni "MYu" boshqaruvini effektiv qiluvchi mashg‘ulotlarga qaratdim. Men qattiq g‘ayrat mehnat qilib, miya hujayralarini xilma-xil tarzda ishlatdim. Mening bo‘sh vaqtim uyda o‘tardi. Diktatorlar biografiyasidan boshlab Jon Kennedi o‘limi va vinolarim haqidagi ma’lumotlargacha o‘qib chiqqanman.
Vaqt kelib, inson muvaffaqiyatlarga erishsa yoki boy bo‘lib ketsa, uning dunyoqarashi o‘zgaradi. Yoshligimda men bir necha g‘oyaviy printsiplarni o‘zlashtirib oldim, va hayotga ular yordamida qaraydigan bo‘ldim. Men hech qachon leyboristlarning qo‘g‘irchog‘i bo‘lishga, ularning saylov kampaniyasi paytida ko‘zga tashlanib turishga intilmadim. Lekin leyboristlarning mahalliy bir deputatini qo‘llab-quvvatlardim. Keti aytardiki, agar men siyosatga aralashadigan bo‘lsam, meni o‘z holimga qo‘yishmasdi. Leyboristlar partiyasini, sotsializm printsiplarini qo‘llab-quvvatlashni hech yomon joyi yo‘q, lekin siyosiy faolga aylanish - bu butunlay boshqa narsa. "Manchester Yunayted" murabbiyi uchun vaqt oliy hakam. Saylov uchastkasida byulletenga leyboristlarga plyus qo‘yardim, va ular tomon ekanligimni hech yashirmasdim. Axir siz meni Devid Kemiron bilan yonma-yon o‘tirganimni ko‘rgandirsiz? Meni parlamentning leyborist a’zosi yonida uchratish mumkin edi. Mening qo‘shgan hissam ham faqat shu.
Do‘stim Alister Kempbell bilan meni shotland futbol jurnalistikasi otaxoni Jim Rodjer tanishtirgan. Rodjer shuningdek leyboristlar premer-ministrlarining vakolatli shaxsi hisoblanardi. U mendan o‘sha paytda Mirror xodimi bo‘lgan Alister bilan gaplashib ko‘rishimni so‘radi. Biz chiqishib qoldik, va u menga qisqa xatlar yozishda davom etdi. Keyin u Toni Blerning matbuot kotibiga aylandi. Bir kuni Alister, men, Toni Bler va uning rafiqasi birgalikda manchesterning "Midlend" mehmonxonasida tushlik qildik. 1997 yilgi saylovlarga bir hafta vaqt qolgandi. Men Toniga dedim: "Siz hukumatni bir xonaga qamab qo‘yishingiz mumkin, ammo gap shundaki, hukumat baribir o‘z bilganicha yo‘l tutadi. Ularning o‘z jurnalistlari, o‘z ittifoqdoshlari bor. Kabinetni nazorat qilish oson ish emas".
Toni mening so‘zlarimni diqqat bilan tingladi. Hukmronlikka ega bo‘lgan har bir kishi zaif bo‘ladi. Agarda sen davlatni boshqarsang, o‘z zimmangga ulkan javobgarlikni olasan va yolg‘izlikka ko‘nikasan, xuddi men kabi. Ishimni tugatib, men biror bir kishi bilan suhbatlashish ilinjida kechalari bilan o‘tirib chiqardim. Xuddi qandaydir vakuum paydo bo‘lgandek, va insonlar unga kirishga hayiqayotgandek edi go‘yo. Toni bu yo‘lga yoshligidan kirib qoldi.
Hukmronlik qachon yaxshiki, agarda sen uni ishlatsang, lekin o‘ylaymanki, asosan ishchi oiladan chiqqan futbolchilarga bu yoqmaydi. Agar xohlaganimda, men jamoada hokimlik ham qilib ko‘rardim (shunday qilgan paytlarim ham bo‘lgan), lekin "MYu" bilan erishgan yutuqlarimdan so‘ng hukmronlik o‘z-o‘zidan meniki bo‘lib qoldi. Chetdan qaragan odamga qabul qilgan ulkan qarorlarim namoyishkorona hukmronlikdek tuyulishi mumkin.
Leyboristlar partiyasi, ajoyib vinolar va Amerika - bular mening intellektual qiziqishlarimning asosiy manbalari. Jon Kennedi, Fuqarolar urushi, Vins Lombardi va mashhur amerikancha to‘p o‘yinlari - bular futbol bosimidan meni qutqarishardi. Amerika madaniyatiga men Nyu-Yorkdan koshona sotib olganimizdan so‘ng qiziqa boshladim. Manxetten xalqaro uchrashuvlar oldidan dam olish uchun ajoyib maskanga aylandi.
AQSh doim meni qiziqtirib kelgan va ilhomlantirgan. Ularning energiyasi, imkoniyatlar kengligi meni ruhlantirardi. Birinchi marta men Amerikaga 1983 yili, "Aberdin" ilk bor Kubok sohiblari kubogini yutganida borganman. Ta’tilda oilamni Floridaga olib bordim. O‘sha vaqtga kelib Amerika va uning tarixi mening onggimga singib bo‘lgandi. Kennedini Dallasda 1963 yili otib o‘ldirgani hamon yodimda qolgan. Keyinchalik menda detektivlik qiziqish paydo bo‘ldi: qanday qilib uni o‘ldirishgan, kim va nima uchun. Men jahonni larzaga keltirgan o‘sha kunni yaxshi eslayman. Juma kuni edi, biz do‘stlarimiz bilan raqsga ketmoqchi bo‘lib turgandik., men vannada soqolimni olayotgandim. Otamning quloqlari og‘irroq edi, ular mendan: "Jon Kennedini otib o‘ldirishgani rostmi?" deb so‘radi. "Yo‘q, ota, siz noto‘g‘ri eshitgansiz", - bu gapga uncha ahamiyat bermadim men. Yarim soat o‘tgach, bu haqda barcha yangiliklarda ko‘rsata boshlashdi. Kennedeni Parklenddagi shifoxonada olib ketishgan.
"Flamingo"dagi tantsada "Would You Like to Swing on A Star" qo‘shig‘i yangrayotgani, ammo hech kim xursandchilik qilmayotgani hech yodimdan chiqmaydi. Biz tepada o‘tirib, ushbu voqeani muhokama qilardik.
Kennedi menga o‘xshagan yosh yigitlarni kumiri edi. U xushqomat inson edi va bizni g‘oyalar bilan ruhlantirardi. Men uchun u etuk siyosatchi bo‘lib qoldi. Uning o‘ldirilishiga bo‘lgan qiziqishim Stokdagi kechki ovqat paytida ro‘y bergan voqeadan so‘ng o‘zgacha ko‘rinish oldi. Bu erga Stenli Metyuz, Sten Mortensen va Jimmi Armfildlar etib kelishdi. Men o‘yladim: "Bu buyuk o‘yinchilar yonida men nima qilayapman? Albatta, mehmonlar meni emas, Stenli Metyuzni gaplarini eshitishni xohlaydi". Ovqatlanish paytida Brayan mendan so‘radi: "Sizning xobbingiz bormi?"
"Bo‘sh vaqtim kam, - dedim men, - uyimda snuker stoli turibdi, golf o‘ynashga qiziqaman, filmlarni tomosha qilaman".
U menga vizitkasini uzatdi: "Mening o‘g‘limni Londonda firmasi bor, yangi kinolarning barchasini unda mavjud. Film kerak bo‘lsa, unga qo‘ng‘iroq qiling".
Bir kun oldin men Uilmslouda kinoteatrga JFK filmiga kirgandim. "Siz bu mavzuga qiziqasizmi?" - so‘radi Brayan. O‘shanda men ushbu qotillik to‘g‘risida bir necha kitoblar sotib olishga ulgurgandim. "Men kortejning o‘n beshinchi mashinasida edim", - dedi Brayan. U o‘sha vaqt Jon Kennedi kortejida bo‘lganini aytdi.
"Men "Deyli Ekspress" jurnalisti edim. San-Frantsiskoga ko‘chib o‘tib, "Taym" jurnalida ishladim. 1958 yili men Kennedining ma’muriyatiga saylovda ishlash uchun so‘rovnoma jo‘natdim" - so‘zlab berdi Brayan. Jonson (Lindon Jonson - AQShning 36-prezidenti, Kennedi o‘limi kuni samolyot bortida qasamyod qilgan - izoh) qasamyod qilgan paytda Jonson u bilan bitta samolyotda bo‘lgan ekan.
1991 yili biz Keti bilan AQShga bordik. To‘yimizning yilligi munosabati bilan Chikagoni, San-Frantsiskoni, Gavay orollarini, Las-Vegasni sayohat qildik. Shuningdek Texasdagi do‘stlarimiznikida mehmon bo‘ldik va sayohatni Nyu-York bilan tugatdik. Shundan so‘ng biz Amerikaga deyarli har yili boradigan bo‘ldik. Mening kitoblarim kollektsiyasi o‘sib borardi. Jon Kennedining eng aniq biografiyasi Robert Dallek qalamiga mansub bo‘lsa kerak. Uning "Oxiriga etmagan hayot. Jon.F.Kennedi" kitobi - yagona. Dallek Kennedining tibbiy fayllarini ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan.
Kennedining uch yillik boshqaruvi juda katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq: Sovuq urush, Vetnam, Karib inqirozi, segregatsiya. Sog‘liqni saqlash tizimi qizg‘in muammolar bilan to‘la bo‘lgan. Kennedi ish bilan ko‘mib tashlangan. Qanday qilib TsRU 1969 yili ruslar Kubada faoliyat yuritayotganini aniqlaganini bilasizmi? Bunga sabab futbol maydonlarining kosmosdan turib olingan tasviri. Kubaliklar futbol o‘ynashmasdi, va evropalik Genri Kissindjer(izoh - AQSh milliy xavfsizligi maslahatchisi) buni payqab qolgan. Mana sizga futbol qanchalik muhim o‘yin ekanligini qo‘shimcha isboti.
2010 yili Amerika bo‘ylab yozgi turne paytida men Gettisbergni aylandim, va Fuqarolar urushining buyuk tarixchisi, "Ozodlik jangiga chaqiruv" kitobi muallifi Jeyms Makferson bilan birga nonushta qildim. Shuningdek men uchun Oq uy bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Menga kimdir Fuqarolar urushidagi generallar haqida kitob hadya etdi, shu sababli menda o‘sha janglar mavzusiga qiziqish uyg‘ondi. Bir kuni Gordon Braun mendan nima o‘qiyotganimni so‘radi. "Fuqarolar urushi", - dedim men. U menga ba’zi hujjatlarni jo‘natishga va’da berdi. Ko‘p o‘tmay menga 35 ta yozuvni taqdim etishdi. Ular Fuqarolar urushida flotning rolini o‘rgangan Gari Gallaxerning lektsiyalari edi. Bu haqda hozirgacha juda kam ma’lumot bor
Ot choptirish mening yana bir zavqlarimdan biri. Boshqarma sobiq raisi Martin Edvards bir kuni menga dedi: "Sen dam olishing kerak".
"Hammasi joyida", - javob berdim men. Ammo shu darajaga etgan edimki, Keti o‘zingni joningga qasd qilmoqchimisan, derdi. Ishdan so‘ng men soat to‘qqizgacha uyda telefondan nari ketmasdim, hayolim faqat futbolda edi.
Birinchi otimni men 1996 yili sotib olganman. To‘yimizning 30 yilligi munosabati bilan rafiqam ikkimiz Chelentenga bordik. U erda men juda ajoyib inson, otlar murabbiyi Jon Mulern bilan tanishib qoldim. Kechki ovqatni biz Londonda tanovul qildik, va men Ketidan so‘radim: "Ot sotib olsam, nima deysan? Bu meni chalg‘itarmidi".
"Otni qaerdan topasan? - dedi u. - Aleks, muammo shundaki, vaqti kelib sen bunga ruju qilasan.
Otda chopish mening ovunchig‘imga aylandi. Ofisda so‘lib, qo‘ng‘iroqlarga vaqt ketkazish o‘rniga, endi ippodromga yo‘l olishim mumkin edi. Bu mashg‘ulot menga futboldan zo‘riqqan paytlarim az qotdi. Men otimni bobom qurgan kema nomi bilan atadim - Kuinslend Star. Murabbiylar hech qanday yutuqqa erisholmagan ot egalari haqida aytib berishardi. Menda esa 60 yoki 70 ta g‘alaba bor, va 30 ot ulushim ham mavjud.
Rok of Gibraltar juda ajoyib ot edi. U birinchi chopish kategoriyasida qatorasiga etti marta g‘alaba qozongan yagona ot hisoblanardi. Ushbu ot irland kompaniyasi "Kulmor Reysing" roziligi bilan mening ranglarim ostida harakat qilardi. Men otga bo‘lgan huquqlarning yarmi o‘zimga tegishli, deb hisoblardim. "Kulmor" esa yutuq pullarining yarmi menga tegishliligini ta’kidlardi. Biz buni hal qildik. Ikki tomonlama tushunmovchilik bo‘lgani aniqlangandan so‘ng muammo o‘z echimini topdi.
Ot choptirish, kitob o‘qish va vino kollektsiyalash - bular meni ishdan chalg‘itishga yordam berardi. Vinoga men 1997 yildan qiziqa boshladim. Bu qiziqish menga futboldan tanaffus qilishga ko‘mak bo‘ldi. Vino sotib olishni qo‘shnim Frenk Koen bilan birga boshladim. U zamonaviy san’at kollektsioneri edi. Frenk bir necha muddat horijga ketdi, va men alohida shug‘ullanishda davom etdim. Bu sohada ekspert bo‘lmasam ham, vinoni yaxshi tushunaman. Vinoni tatib ko‘rib, uning bir qancha xislatlarini aytib berolaman.
Izlanishlar yo‘lida men Bordo va Shampan viloyatigacha bordim, lekin asosiy bilimlarni kitoblardan hamda kollektsioner va sotuvchilar bilan suhbat chog‘ida oldim. Men vino yozuvchisi va teleboshlovchi Oz Klark hamda vino sotuvchisi Jon Armit bilan birga tushlik qildim. Ular uzumlar va vino yillari haqida gapirib berishdi. Balkim, men uzum haqida ko‘proq ma’lumot olishim kerakdir. Men ko‘proq amaliy tomondan taraqqiy etardim.
2010 yili kuzda mendan nafaqa haqida so‘rab qolishdi. 70 yoshda bekorchilik odatdagi tartibni buzishi mumkin. Siz o‘zinggizga mashg‘ulot topishingiz kerak bo‘ladi. U oylik tanaffusdan keyin emas - shu zahotiyoq. Bir narsaga erishish uchun yoshlik davrida 14 soatlab mehnat qilish shart. Siz o‘zinggiz uchun mehnat nizomini xohlaganingizdek belgilaysiz. Agar oilangiz bo‘lsa, mehnatlaringiz rohatini bolalaringiz ko‘radi. Yoshlik davri barqaror kelajak qurish uchun ajratilgan vaqt. Yosh o‘gach, energiyani o‘ylab taqsimlashga to‘g‘ri keladi. Doim formada bo‘ling. Yaxshi ovqatlaning. Men ko‘p uxlamasdim, 5-6 soat menga etarli edi. Ba’zilar uyqudan turishi bilan, yana qayda uyquga ketadi. Men hech unday qilmaganman. Uyg‘onganimdan so‘ng shu zahotiyoq sakrab o‘rnimdan turaman. Vaqtimni bekorga ketkazib yotmayman.
Uyg‘ondingizmi, demak siz o‘z uyqu normangizni bajargan bo‘lasiz. Men soat oltida turardim, ba’zan esa 6.15 da va 7.00 da bazada bo‘lardim. 15 daqiqalik yo‘l. Ushbu tartibni hech o‘zgartirmasdim. Men harbiy avloddan chiqqanman. Ular aytishardi: "Dunyoga keldingmi - demak sen hamma narsaga tayyorsan". Kutubxonaga, basseyda cho‘milishga va futbol o‘ynashga borish mumkin edi. Ota-onam ishda bo‘lardi, menga esa buvim qarardi. Men ulg‘aydim va o‘zim uchun o‘zim qayg‘uradigan bo‘ldim. Oyim aytardi: "Mana farsh, mana kartoshka. To‘rt yarimgacha tayyor qilasan". Ularning ishdan kelishiga hammasini tayyorlab qo‘yardim. Axlat to‘kish ham mening vazifamga kirardi. Maktabdan kelib, aynan shu ishlar bilan band bo‘lardim. Kechroq, soat ettilarda, ukam ikkalamiz uyga vazifaga kirishardik. Zamonaviy tsivilizatsiyaning ne’matlarisiz oddiy hayot.
Hozir esa odamlar bequvvat. Ular doklarda yoki shaxtalarda bo‘lmagan, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmagan. Hozirgi zamon otalari bolalariga ko‘proq e’tibor qarata oladi. Ular oilaviy tadbirlarda ko‘p bo‘lishadi, bolalari bilan dam olishga borishadi. Men hayotim davomida biror marta ham o‘g‘illarimni sayohatga olib chiqmaganman. Men ularga aytardim: "Yigitlar, borib o‘ynayveringlar". Aberdinda uyimiz oldida maktab maydonchasi bor edi, bolalar kuni bo‘yi o‘sha erda bo‘lishardi. 1980 yilgacha bizda videomagnitofon bo‘lmagan. Tosh davri. Progress bizga CD, DVD disklarni hamda kompyuterda fentezi jamoasini tuzuvchi nevaralarni hadya qildi.
Men farzandlarimga etarlicha e’tiborda bo‘lmaganman. Keti esa ular bilan shug‘ullangan, chunki u ajoyib ona. Keti aytardi: "Ular 16 ga kirsa, ota-o‘g‘il bo‘lishadi". Bu haqiqat. Uch o‘g‘lim ham ulg‘ayib bir-biri bilan jipslashishdi. Bu meni juda quvontirdi. "Men nima degandim?" - eslatdi Keti.
"Lekin ularni dunyoga keltirgan sensan", - dedim men unga.
"Agar men ularga sen haqingda biror bir yomon so‘z aytganimda, ular meni qatl qilishardi. Boss hamon sensan", - dedi Keti.
Muvaffaqiyatga erishish sir emas. Masalaning uchi - bu tarbiya. Malkolm Gleduellaning "Sirlar. Muvaffaqiyat tarixi" kitobinini oddiygina qilib "Tarbiya", deb nomlasa ham bo‘ladi. Misol tariqasida Karnegi va Rokfeller keltirilgan. Ayniqsa Rokfellerning ko‘rgan-kechirganlari menga yoqadi. Uning oila a’zolari epchil va dindor bo‘lishgan. Kunlarning birida, cherkovda sadaqa uchun pul yig‘ilgan. Har bir kishi bir dollardan patnis ustiga qo‘ygan. Shunda Rokfellerning o‘g‘li otasidan so‘ragan: "Birdaniga bir yil uchun 15 dollar qo‘ysak bo‘lmaydimi?"
"Bo‘ladi, lekin biz uch dollar yo‘qotamiz", - deb javob qaytargan uning otasi.
U o‘z xizmatkoriga kaminni doimgidan bir soat ko‘proq yoqish usulini o‘rgatgan. Va u milliarder bo‘ldi.
Og‘ir mehnat Rokfellerda tejamkorlikni tarbiyaladi. U bekorga xarajat qilmasdi. Bunday fazilat menda ham mavjud. Hatto nevaralarim tarelkalarida ovqat qoldirsa, men uni eb qo‘yaman. Tarelkada hech narsa qolmasligi kerak - bu mening odatim. O‘g‘illarimni ham xuddi shunday tarbiyalaganman.
Albatta, tarbiya va stress tanga ta’sir qiladi - ayniqsa, yosh o‘tgan sari. Shu sababli menda yurak bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshladi. Bir kuni ertalab sportzalda shug‘ullanayotganimda, pulsometr mening pulsim 90 dan 160 tagacha urayotganini ko‘rsatdi. Men pulsometr buzilib qolibdi, deb o‘ylab, murabbiy Mayk Klegga shikoyat qildim. Biz boshqasini ishlatib ko‘rdik. Xuddi shu natija. "Sen doktorga ko‘rinishing kerak, bu xavfli", - maslahat berdi Mayk.
Doktor meni Derek Roulendsga yo‘naltirdi. Menda fibrillyatsiya aniqlandi. Elektroshok bilan davolanishni maslahat berishdi. Etti kundan so‘ng men o‘zimga keldim. Keyingi o‘yinda biz yutqazdik, va muammolar yana qaytdi. Men bunda futbolchilarni aybladim. Davolanish 50-60 foizga yordam berdi, lekin keskin choralar ko‘rishlik keraklini tushundim. 2002 yili kechgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Men monitorda hammasini kuzatib turdim. Qon oqimi qanday tarzda sachraganini hech esimdan chiqmaydi. Moslamani 2010 yili almashtirishdi. U sakkiz yilga etadigan. Ikkinchi marta men butunlay narkoz holatida edim. Konsultatsiya vaqtida menga doimgi hayotimni davom ettirishim mumkinligini aytishdi: mashg‘ulotlar qilish, ishlash, vino ichish.
Tan olaman, birinchi hodisa meni izdan chiqardi. O‘tgan yili medosmotrdan o‘tdim: men 48 yosh parametrlariga qaytibman. Men yana ajoyib formada edim. Ritm moslamasi yordamida yana 12 oy yashadim. Vaqt o‘tishi bilan barchamiz zaiflashamiz. Hayotni o‘zi esankiratib qo‘ymaguncha, biz o‘zimizni metindek mustahkam, deb bilamiz. Yoshligimda men qanot chizig‘ida har bir to‘pga tashlanardim. Yillar o‘tishi bilan og‘irroq bo‘la boshladim. Oxirida esa vaziyatni chetdan kuzatadigan bo‘ldim. Lekin ba’zi bir uchrashuvlarda o‘zimni ko‘rsatardim ham.
Sog‘liq haqida shuni aytishim mumkinki, siz o‘zinggizni yomon his qildingizmi, bunga befarq qaramang. Doktorlarga quloq tuting. Ko‘riklardan o‘ting. Vazningizga e’tibor bering va to‘g‘ri ovqatlaning.
Men sizni ishontirib aytamanki, kitob o‘qish - bu hayot qiyinchiliklaridan chalg‘ituvchi vosita. Agar mening uyimda mehmon bo‘lsangiz, prezidentlar, premer-ministrlar, Nelson Mandela, Rokfeller, oratorlik mahorati, Nikson va Kissinjer, Braun, Mauntbattene, Cherchil, Klinton, JAR va Shotlandiya tarixi mavzularidagi turli xil kitoblarni ko‘rishingiz mumkin. Gordon Braunning shotland sotsialisti Jeyms Makston haqidagi kitob ham mavjud. Shuningdek, kutubxonamda Kennedi to‘g‘risida barcha ma’lumotlar bor. Keyin esa zolim hukmdorlar mavzusi mashhur. Odamzod nimalarga qodir ekanligi meni doim qiziqtirib kelgan. Soddaroq asarlardan Edmund Xillari va Devid Nayvenlarni misol keltirishim mumkin. Yana jinoyatchilar haqida "Kreyenlar" va "Amerika mafiyasi" nomli kitoblarni uchratish mumkin.
Men sportga ishim davomida berilib ketganim bois sport literaturasiga qiziqmasdim. Ammo bir nechta klassik kitoblar javonim polkalarida turibdi. "G‘urur hali ahamiyatga ega" asarini, "Grin Bey Pakers" buyuk murabbiyi Vins Lombardi biografiyasini o‘qiyotib, men o‘ylab qoldim: "U men haqimda yozgan. Men xuddi Lombardini o‘ziman". Men Lombardini bir buyuk mulohazasini tan olaman: "Biz yutqazmadik, balkim vaqt kamlik qildi".
Fikrlar