
Simeone: “Atletiko”dagi yuqori raqobat tufayli yarim finalga chiqdik
Madridning “Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone “Eybar”ga qarshi (2:2) Ispaniya Kubogi chorak final javob o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dastlabki o‘yinda “matraschilar” 3:0 hisobida zafar quchgandi va shu sababli ular yarim finalga chiqdi.
“Dastlabki o‘yinda erishilgan g‘alabadan keyin javob o‘yinida baribir oson bo‘lmadi. Lekin biz o‘z darajamizni ko‘rsata oldik. Maydonda murosasiz kurash guvohi bo‘ldik. Yarim finalga jamoadagi yuqori raqobat tufayli chiqdik. “Atletiko” eng yaxshi jamoalar qatorida bo‘lish uchun kurashadi”, – dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar