
Yil jamoasi uchun "Real"ning 13 futbolchisi nomzodlar qatoriga kirdi
FIFPro 25 ming futbolchidan 2017 yilning ramziy terma jamoasi uchun so‘rov o‘tkazdi va 55 nafar nomzodlarni saralab oldi.
E’tiborlisi, ushbu 55 futbolchining 13 nafari "Real" futbolchilaridir.
Quyida yil ramziy jamoasiga nomzod 55 futbolchining ro‘yxatini keltiramiz.
Darvozabonlar: Djanluidji Buffon («Yuventus»), David de Xea («Manchester Yunayted»), Keylor Navas («Real»), Manuel Noyer («Bavariya»), Yan Oblak («Atletiko»).
Himoyachilar: David Alaba, Jerom Boateng, Mats Xummels, Filipp Lam (barchasi – «Bavariya»), Jordi Alba, Xaver Maskerano, Jerar Pike, Samyuel Umtiti (barchasi – «Barselona»), Tiago Silva ( «PSJ»), Dani Alves («Yuventus»/«PSJ»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»/«Milan»), Djordjo Kellini («Yuventus»), Daniel Karvaxal, Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan (barchasi – «Real»), Pepe («Real»/«Beshiktash»), Diego Godin («Atletiko»), David Luiz («Chelsi»), Antonio Valensiya («Manchester Yunayted»).
Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara, Arturo Vidal (ikkalasi – «Bavariya»), Serdji Buskets, Andres Inesta (ikkalasi – «Barselona»), Kazemiro, Isko, Toni Kroos, Luka Modrich (barchasi – «Real»), Filippe Koutino («Liverpul»), Eden Azar, Ngolo Kante (ikkalasi – «Chelsi»), Nemanya Matich («Chelsi»/«Manchester Yunayted»), Pol Pogba («Manchester Yunayted»), Mesut Ozil («Arsenal»), Marko Verratti («PSJ»).
Hujumchilar: Garet Beyl, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu (barchasi – «Real»), Edinson Kavani («PSJ»), Kilian Mbappe («Monako»/«PSJ»), Neymar («Barselona»/«PSJ»), Lionel Messi, Luis Suares (ikkalasi – «Barselona»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Zlatan Ibragimovich («Manchester Yunayted»), Romelu Lukaku («Everton»/»Manchester Yunayted»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Paulo Dibala («Yuventus»), Robert Levandovski («Bavariya»), Aleksis Sanches («Arsenal»).
Fikrlar