"Yuventus"ning AQSh turnesiga kimlar bordi, kimlar bormadi?

  • 23 iyul, 2018, 10:33
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi Xalqaro chempionlar kubogi tijoriy turnirida ishtirok etish uchun AQShga yo‘l oldi.

Ushbu safarga JCh-2018da ishtirok etgan Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala, Gonsalo Iguain, Xuan Kuadrado, Rodrigo Bentankur, Duglas Kosta, Mario Mandjukich, Marko Pyatsa va Blez Matiyudi kabi futbolchilar borishmadi.

Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘zi bilan birga Okean ortiga quyidagi futbolchilarni olib ketdi: Shesny, De Shilo, Kellini, Benatiya, Pyanich, Xedira, Markizio, Sandro, Kaldara, Bartsali, Perin, Kanselu, Pinsolo, Djan, Rugani, Betuatto, Del Favero, Bernardeski, Fernandes, Machek, Kastanos, Klementsa, Pereyra, Beltram, Favilli, Di Pardo va Fajioli.

Ma’lumot uchun, "Yuventus" AQSh turnesi doirasida dastlab "Bavariya" (26 iyul), so‘ngra esa "Benfika" (28 iyul) hamda "Real"ga (4 avgust) qarshi to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!