
Abbosbek Fayzullaev MLS klubi taklifini rad etdi
O‘zbekiston terma jamoasi va TsSKA klubi hujumchisi Abbosbek Fayzullaevga MLSdan taklif kelib tushgan.
SPORTS.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, "Sent-Luis" klubi futbolchimizni o‘z safiga qo‘shib olishni istagan va unga taklif bilan chiqqan. Biroq Fayzullaev bunga rad javobini bergan.
Legionerimiz ushbu yozda katta ehtimol bilan Moskva klubini tark etishi kutilyapti.
Fikrlar