
"Almeriya" "Barsa"ni mag‘lub etib, "Real" muxlislari joniga oro kirdi
Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan "Almeriya" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Bilol Ture o‘yindagi yagona golni Ter Shtegen darvozasiga joylab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar ayni damda 59 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Almeriya" bu g‘alabadan keyin 25 ochko bilan 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar