
Angliya kubogi. "Manchester Siti" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi, "Chelsi" esa "Aston Villa" bilan durang o‘ynadi
Angliya kubogi 4-raundidan o‘rin olgan bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
"Tottenxem" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona golni esa so‘nggi daqiqalarda Ake urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Shaharliklar" ushbu g‘alabadan so‘ng keyingi bosqichga yo‘l oldi.
"Chelsi" - "Aston Villa" bahsida hisob ochilmadi. Shu tariqa, jamoalar yana to‘qnashadigan bo‘ldi.
Fikrlar