“Bavariya” Bundesliga kushandasi

  • 19 fevral, 2021, 21:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aslida, ichki chempionatdagi yulduzlarni qo‘lga kiritish grandlar uchun odatiy hol. Turnirga va iqlimga to‘liq moslashgan futbolchilar tezda effekt beradi. “Bavariya” esa, har safar bir o‘q bilan ikki quyonni urishga o‘rganib qolgan. Shu yo‘sinda ular sifatli ijrochini qo‘lga kiritibgina qolmay, asosiy ta’qibchini birmuncha kuchsizlantiradi.

Biz “Bavariya”ning siyosati qay darajada effekt berganini ko‘rsatish maqsadida o‘ziga xos ramziy jamoa tuzdik.

Manuel Noyer (Germaniya) — «Shalke»dan 30 mln evro, 2011 yilda

alkuo‘alo‘uklo‘ku

Darvozabon Gelzenkirxen klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U “Shalke” safida 20 yil darvozani qo‘riqladi va terma jamoa darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, «Shalke»ga Raul kelgach, jamoaning ishlari ancha oldinga siljidi. Evropa Chempionlar ligasida klub yarim finalga qadar etib bordi. To‘g‘ri, “Manchester Yunayted” to‘sig‘idan o‘tishning imkoni bo‘lmadi, ammo Noyer o‘zini nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Mavsum so‘nggida, kiper klub va muxlislar iltimosiga qaramay, shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

Himoyachilar:

Benjamen Pavar (Frantsiya) — «Shtutgart» dan 35 mln evroga 2019 yilda

ashtsuragtsratsu

Bu transfer orqali nemis klubi “Shtutgart”ni kuchsizlantirdi, deb bo‘lmaydi. “FK Gollivud” Pavarni xarid qilganida, futbolchining sobiq jamoasi allaqachon Bundesligadan tushib ketgan edi. Bu transferga Benjaminning Frantsiya bilan JChda g‘alaba qozongani asosiy sabab bo‘ldi. Futbolchi o‘z tanlovidan afsuslanmasligi aniq. U Myunxendagi ilk mavsumidayoq, klublar o‘rtasidagi barcha musobaqalarda g‘alaba qozondi.

Mats Xummels (Germaniya) — «Borussiya»dan 35 mln evroga  2016 yilda

pkelo‘pkelo‘plkep

Mats “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. E’tiborlisi shundaki, jamoa murabbiylari himoyachidan umid uzadi va uni qo‘yib yuboradi. Xummelsni Yurgen Klopp sayyoramizning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylantiradi. Tezkor, ikkinchi qavatda faol, maydonda joy tanlashni biladigan ijrochi ko‘p o‘tmay sobiq jamoasi e’tiboriga tushdi. Klopp o‘zining himoyadagi eng muhim figurasini olib qolishga qanchalar urinmasin, baribir Xummels “Bavariya”ga yo‘l oldi.

Niklas Zyule (Germaniya) — «Xoffenxaym» 20 mln evro  2017 yilda

puko‘pluko‘zlpo‘uk - kopiya

Qal’a singari baquvvat himoyachi “Xoffenxaym” safida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, biroq turnirda “Bavariya” libosida debyut qildi. Nikolas Myunxenda birinchi raqamli bo‘la olmadi. Bunga tinimsiz olingan jarohatlar sabab bo‘lgani rost. Shunga qaramay, u bu qaroridan hech qachon afsus chekmasligi turgan gap. Sababi, aynan “Bavariya”dagi faoliyat unga terma jamoa va xalqaro maydondagi g‘alabalar eshigini ochib berdi.

Dayot Upamekano (Frantsiya) —«RB Leyptsig»dan 42.5 mln evroga 2021 yilda

kpuo‘lpo‘uklo‘pulkp - kopiya

Yaqindagina Myunxen klubi Dayotning transferini rasman tasdiqladi. Frantsuz “Bavariya”ning ichki transfer bozoridagi eng qimmat xaridiga aylandi. Klub shu tariqa, Yulian Nagelsmanning o‘yin uslubiga kuchli zarba berdi. 90 daqiqa davomida maydonda eng ko‘p uzatmani amalga oshiruvchi yosh futbolchi kelasi mavsumni “Bavariya” safida boshlaydi. “Buqalar” esa, uning o‘rnini to‘ldirish uchun tezroq harakat qilishlari lozim.

Yarim himoyachilar:

Leon Goretska (Germaniya) — «Shalke»dan erkin agent maqomida 2018 yilda

ao‘okutsshaokuau - kopiya

2017/18-yilgi mavsumda “Shelke” kichik mo‘’jiza namoyish etdi. Dominiko Tadesko boshqaruvidagi klub Bundesliga kumush medallariga ega chiqdi. Mavsum yakunlangach, jamoa a’zolari grandlarga ravona bo‘ldi. Ular orasida Leon ham bor edi. Oqibatda, “Shalke” ancha zaiflashib qoldi. Bu jamoa o‘yinida yaqqol ko‘zga tashlandi. Goretskaning erkin agent maqomida “Bavariya”ga yo‘l olgani, klub rahbarlariga ikki hissa alam qilgani aniq.

Yozua Kimmix (Germaniya) — «Shtutgart»dan  8.5 mln evroga 2015 yilda

Bu transferdan “Shtutgart” yaxshigina pul ishlab olgan. Sababi, ular bir yil ilgari “RB Leyptsig”dan Kimmixni 1,5 million evro evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Bir necha kundan so‘ng, “Bavariya” yosh iqtidor egasi uchun 8,5 million evrodan voz kechdi. Oqibatda, “Shtutgart” toza 7 million daromad qildi.

Mario Gettse (Germaniya) — «Borussii D»dan 37 mln evroga 2013 yilda

kulo‘po‘uklpo‘ulkp - kopiya

Mario ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin, biroq o‘z paytida u butun Germaniya e’tibor markazida bo‘lgan. Dortmundda uning Myunxenga ketgani shu qadar katta janjal keltirib chiqarishi hech kimning xayoliga kelmagan edi. Futbolchining ukasini maktabda zaharlashdi. Uning uyi atrofida fanatlar yig‘ildi, biroq Mario baribir “Bavariya” bilan shartnoma tuzdi. Qanchalar urinmasin, Gettse avvalgidek futbol namoyish eta olmadi. Hozir Gollandiya chempionatida kamtarin faoliyat olib bormoqda.

Hujumchilar:

Serj Gnabri (Germaniya) — «Verder»dan 8 mln evroga 2017 yilda

o‘lo‘lo‘lo‘ - kopiya

Gnabri hozir “Arsenal”ning asosiy quroliga aylanishi mumkin edi, ammo inglizlar Serjni juda erta sotib yuborishdi. “Verder” vinger uchun “kononirlar”ga 5 million evro to‘ladi. Ikki yildan so‘ng, “Bavariya” Serjni sotib oldi va “Xoffenxaym”ga ijara asosida jo‘natdi. Bugungi kunda Gnabri sayyoramizdagi eng kuchli qanot hujumchilaridan biri sanaladi.

Mario Mandjukich (Xorvatiya) — «Volfsburga» 13 mln evroga 2012 yilda

lpo‘uko‘pluko‘pluko‘ - kopiya

Xorvat “Dinamo Zagreb”dagi gollari bilan «Volfsburg» e’tiboriga tushdi. Bundesligadagi ishonchli o‘yinlari sababli uni “Bavariya” xarid qildi. Qahramonimiz o‘zining Myunxendagi ilk mavsumidayoq trebl qayd etdi. Pep Gvardiola jamoa tepasiga kelgach, u asosiy tarkibdan tushib qolishni boshladi. Oqibatda, chamadonini yig‘ishtirdi va Evropa bo‘ylab sayohatga yo‘l oldi.

Robert Levandovski (Polsha) — «Borussii D»dan erkin agent maqomida 2014 yilda

alo‘tsulo‘tsulao‘tsua - kopiya

FIFA talqiniga ko‘ra, 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi va 21 asrdagi “Bavariya”ning eng yaxshi to‘purari klubga erkin agent sifatida taklif etilgan. Aslida, jamoa 2013 yilda Mario Gettse va Robert Levandovskini birga sotib olmoqchi edi, ammo dortmundliklar bunga rozi bo‘lmaydi. Oqibatda, “Bavariya” yana bir mavsum sabr qildi va hujumchini erkin agent sifatida jamoaga taklif qildi. Ko‘plab mutaxassislar aynan Levandovskining transferini 21 asdagi “Bavariya” uchun eng omadlisi, deb hisoblaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!