
"Bavariya" darvozaboni faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
"Bavariya" posboni Yan Zommer A Seriyaga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Unga "Inter" qiziqish bildirmoqda.
Milanliklar ketishi mumkin bo‘lgan Andre Onanaga o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida Keylor Navas ham bor. Ammo shveytsariyalik darvozabon favorit bo‘lib turibdi.
Noyer jarohat olgani sabab sotib olingan Zommer zaxira futbolchisi bo‘lishni istamayapti. Budan tashqari, myunxenliklar Mamardashvilini ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Ma’lumot uchun, Yanning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. 34 yoshli posbonni nemis klubi qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar