Chempionlar ligasiga qachon qur’a tashlanadi?

  • 28 avgust, 2019, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining yangi 2019/20 yilgi mavsumiga ertaga, ya’ni 29 avgust kuni qur’a tashlanadi. Ushbu marosim Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ayni damda guruh bosqichida ishtirok etadigan 32 ta klubdan 29 tasining nomi ma’lum. Ular: "Barselona", "Real", "Atletiko", "Valensiya", "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti", "Tottenxem Xotspur", "Yuventus", "Napoli", "Inter", "Atalanta", "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Bayer", "RB Leyptsig", PSJ, "Lill", "Lion", "Zenit", "Lokomotiv", "Benfika", "Shaxtyor", "Genk", "Galatasaray", "Zaltsburg", "Olimpiakos", "Dinamo" va "Tsrvena Zvezda". Bugun bo‘lib o‘tadigan pley-off javob o‘yinlaridan so‘ng qolgan 3ta klub nomi ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!