Emeri: “Barselona” bilan bo‘lgan o‘yin bu shunchaki tasodif edi

  • 20 mart, 2017, 15:45
  • 0
  • Futbol
Chery Tigo 7 PRO

Xabaringiz bor kecha Frantsiya chempionatining 30-turida PSJ klubi o‘z maydonida “Lion” jamoasini qabul qildi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Unai Emeri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Chempionatda “Monako” ustunlikka ega. Shuning uchun ham biz o‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Agar e’tibor bersangiz biz qishki tanaffusdan so‘ng o‘tkazgan 19ta uchrashuvimizning 16tasida g‘alaba qozondik, ikki marotaba durang o‘ynadik va o‘z maydonimizda “Barselona”dan ustun kela oldik.

Bip mavsum so‘nggiga qadar Kataloniyadagi mag‘lubiyatni unuta olmaymiz. Ammo, jamoamiz “Barselona” bilan bo‘lgan ikkinchi bahs shunchaki tasodif ekanligini isbotlay oldi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis Goal.com nashirga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, PSJ ayni damda Frantsiya chempionatida peshqadam “Monako”dan 3 ochko kam jamg‘argan holda 2-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!