Futbolning oltin yillari: «Fiorentina», Batistuta va Nintendo

  • 26.09.2019 09:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rejalar amalga oshmadi, biroq jamoa futbolkalari afsonaga aylandi.

Shuningdek, chegaralangan Game Boy ham bo‘lgan.

90 yillarda Nintendo Yaponiyaning eng oldi o‘yin dasturlovchi kompaniyalaridan biri edi. O‘sha davrda tarkibida buyuk Gabriel Batistuta bo‘lgan «Fiorentina» bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma uzoqqa cho‘zilmagan bo‘lsada, tarixda eng yaxshi forma va eng noyob «binafsha» logotipi tushurilgan o‘yin qurilmasi paydo bo‘ldi.

rue5a0624e6f8.jpg

Nima uchun Nintendo futbolga kirib keldi?

90 yillarda Evropaning video o‘yinlar sanoatida gullab yashnay boshladi – bozorda Yaponiyaning uch xil kompaniyaning konsoli ommaga taqdim etildi: Sony (Play Station 1), Sega (Saturn) va Nintendo (Nintendo 64). Oxirigi aytib o‘tilgani qolganlaridan barcha jabhada ortda qolgan edi. Asosiy sabab – mahsulot ishlab chiqarishda eskirgan arxitektura edi. Sony va Sega CD-disklarga asoslanishni boshlagan bir vaqtda, Nintendo hamon kartrijli modelda edi.

Kichik hajmda bo‘lishiga qaramay, Nintendo mahsulotlari narxi baland, shu sababdan ko‘pchilik xaridorlar raqobatchi (asosan Sony) tomonga o‘tib ketdilar. Natijada 1996 yil yakunida Play Station 1 – 400 ta, Sega Saturn’da – 200ta, Nintendo 64 da esa atigi 60 ta o‘yin bor edi xolos. Bugun ham xuddi shu tendentsiya saqlanib qolgan – biz aynan ko‘p o‘yin sig‘imiga ega bo‘lgan konsollarni sotib olamiz.

Nintendo’ning maqtanishga arzigulik sababi bor edi. Super Mario 64 tarixda eng ko‘p sotilgan o‘yinlardan biriga aylandi va barcha zamonlarning eng yaxshi o‘yinlaridan biri deb tan olindi, The Legend of Zelda: Ocarina of Time esa butun industriya tarixidagi eng yaxshi o‘yinga aylandi: Nintendo bir yilning o‘zidayoq 10 million nusxa stishga erishdi. O‘yin taqdim etilishi bilanoq deyarli barcha katta o‘yin nashrlari unga 10/10 baho berishdi.

Biroq bu erda sifatning o‘zi etarli emas edi – raqiblar sifat bilan emas son bilan raqibni ezishni boshladi. Sony aql bilan ish yuritdi – u o‘yin dasturchilari bilan doimiy aloqani olib borar, yangilanayotgan dasturlar haqida ma’lumot va to‘liq texnik yordam bilan ta’minlardi. Konsolining ayanchli ahvolini to‘g‘rilash maqsadida, Nntendo yangicha reklama yo‘llarini izlab chiqqan edi – va 1997 yilda «Fiorentino» bilan shartnoma imzoladi.

Nimaga yaponlar aynan «Fiorentino»ni tanlashdi?

1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr Gabriel Batistuta sababli «Binafshalar» tarixining oltin asri deb ataladi. 9 yil ichida «Fiorentino»dagi karerasi davomida Batistuta 333 gol urib, dunyoning eng yaxshi futbolchilari safiga qo‘shildi.

?url=https%3A%2F%2Favatars.mds.yandex.net%2Fget-zen_doc%2F61319%2Fpub_5abd2837256d5c2ff6d4b83a_5abd4071c3321bd8d89a031d%2Fscale_600

Italiya A seriyasi kutilmaganda shiddatli tarzda boshlandi, Batistuta klubga «katta yigitchalar» bilan to‘p surishga yordam bergani sababli o‘zini champion deb hisoblashini aytgan edi. 1995/1996 yilgi mavsumda «Fiorentina» «Milan» va «Yuventus»ga mag‘lub bo‘lib to‘rtinchi o‘rinni egalladi, «Latsio» bilan ochkolari teng bo‘lsada, rimliklar ko‘proq gol urganliklari uchun o‘zib ketdi. Nintendoning ishonchi esa ortib boraverardi. 1998/99 yilgi mavsumda Italiya chempionatida «Fiorentina» uchinchi o‘rinni egalladi, EChLda esa «Arsenal» va «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etgani ko‘pchilikning yodida qoldi.

Bu paytlarda «binafsha»larning moliyaviy muammolari bor edi. Nintendo bilan shartnomasi bo‘lishiga qaramasdan, ular bu muammolarni eng g‘ayrioddiy yo‘llar bilan hal etishga harakat qilishdi: masalan, sotuvga stadion hidi mavjud idishlar qo‘yildi – «Minbarlar ruhi», «Yutuq ekstrakti» va «Kiyinish xonasi atmosferasi». 2000 yilda fojiya sodir bo‘ldi – Gabriel Batistuta «Roma» ga o‘tib ketdi, bir yil o‘tib esa jamoa rahbariyati klubni 50 million dollar qarz bilan bankrot deb e’lon qildi.

Nintendo jamoa muxlislari uchun brend konsollar ishlab chiqdi, «Binafsha» rang futbol formalari esa tarixda iz qoldirdi.

Hamkorlik davomida «Fiorentina»ning maxsus futbolkasi ishlab chiqilib, aynan shu futbolka tarixdagi eng chiroyli formalardan biri sifatida hozirgacha e’tirof etiladi. Masalan, Fourfourtwo nashriyoti ham shu fikrda.

?url=https%3A%2F%2Fimages.cdn.fourfourtwo.com%2Fsites%2Ffourfourtwo.com%2Ffiles%2Fstyles%2Finline-image%2Fpublic%2Ffiorentina_nintendo.jpg%3Fitok%3DuJ4TjrtL

Jersi oddiy sababga ko‘ra topga chiqdi – Nintendo logotipining (oq fondagi qizil yozuv) va klub logotipining (oq fondagi qizil belgi) ajoyib hamohangligi. Uni hozir ham bir necha evro evaziga xarid qilish mumkin.

?url=https%3A%2F%2Fi.imgur.com%2FNFjsiWt.jpg

Shartnoma amal qilayotgan davr ichida Nintendo sanoqli nusxada «Binafsha» logotipli «Game Boy Pocket»ni ham ishlab chiqdi.

?url=https%3A%2F%2Fwww.whoateallthepies.tv%2Fwp-content%2Fuploads%2F2018%2F11%2FNintendo-Gameboy-Fiorentina3.jpg

Eksklyuziv dizaynli, kumushrangli konsollar soni 300 tani tashkil etib, ular faqat Italiyada sotilardi. O‘yin qurilmasi tarkibiga ikki o‘yin: Super Mario World va Soccer taqdim qilingan. Ming afsuski, hozirda uni hatto E-baydan ham xarid qilishning iloji yo‘q.

?url=https%3A%2F%2Fwww.whoateallthepies.tv%2Fwp-content%2Fuploads%2F2018%2F11%2FNintendo-Gameboy-Fiorentina2.jpg

Hozir Nintendo ning ahvoli qanday?

Nintendoning ishlari «besh». Kompaniya «Switch» sababli o‘zining asosiy raqibi Play Station 4 ning pozitsiyasini tortib olmoqda va doimiy tarzda millionlab nusxada sotilgan konsollari haqida xabar berib turmoqda. Masalan, so‘nggi uch oy davomda kompaniya 2,13 million dona «Nintendo Switch» konsolini etkazib berdi, bu deyarli 37 million nusxa deganidir.

?url=http%3A%2F%2Fimages.nintendolife.com%2F4d7612edd08c2%2Fbotw.original.jpg

«Nintendo Switch»ning sotuvi ham joyida. O‘ylab ko‘ring-a: konsol 2017 yilning martida sotuvga chiqdi va ikki yil ichida 210 million nusxada sotildi! Kompaniya yana o‘z kuchini The Legend of Zelda: Breath of the Wild (GTA 5 va Red Dead Redemption 2 bilan bir pog‘onada), Splatoon 2, Super Smash Bros Ultimate va Mario Kart 8 Deluxe kabi yangicha o‘yinlarga sarflamoqda. Lekin o‘tmish xatolarini takrorlamaslikka harakat qilishmoqda: o‘yin ishlab chiqaruvchilari bilan do‘stlashishmoqda, shu sababdan «Switch»da  Fortnite, Diablo 3, Skyrim va yuzlab «katta» platformalarning taytllari mavjud. Aynan shu maqola yozilishi davrida kompaniya sotuv bo‘yicha Rossiyada Xbox One dan o‘zib ketdi.

Nahotki video o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining futbol bilan tuzilgan shartnomalarining barchasi muvaffaqqiyatsiz tugagan bo‘lsa?

Yo‘q. Nintendo raqobatchilarining tajribasida bundan omadli holatlar kuzatilgan.

Sony tarixida bitta holat borki, ular bu bilan Nintendo ni «turtkilab qo‘yishlari» mumkin: 1990 yillarda kompaniya Italiyaning «Yuventus» va Kosta-Rikaning «Alaxuelens» iga homiylik qilgan edi. Birinchisi dunyo futbol klublarining eng oldi jamoalaridan biri bo‘lib qolgan bo‘lsa, «Alaxuelens» esa mashhurlik bo‘yicha mamlakatning ikkinchi klubi edi.

?url=https%3A%2F%2Fss.sport-express.ru%2Fuserfiles%2Fmaterials%2F101%2F1016813%2Forigin.jpg

Sega «Arsenal» va «Sampdoriya»ning homiysiga aylangan, Sega Dreamcast ning reklamasi davomida ularning futbolkasiga tegishli logotiplar tushirilgan edi. Ikkinchi klub bilan Dreamarena – MMORPG ning reklamasi haqida ham kelishib olishgandi.

?url=https%3A%2F%2Fd3nfwcxd527z59.cloudfront.net%2Fcontent%2Fuploads%2F2019%2F01%2F14213546%2FThierry-Henry-Arsenal-Dreamcast.jpg

Commodore kompaniyasi «Chelsi» va «Bavariya» orqali Commodore 64 ni reklama qilgan, hamda Bundesliga bilan hamkorlik qilar edi.

?url=https%3A%2F%2Fwww.thetimes.co.uk%2Fimageserver%2Fimage%2Fmethode%252Ftimes%252Fprod%252Fweb%252Fbin%252Fc0fe9cf8-c7ee-11e8-a4a5-a34bea2c1d04.jpg%3Fcrop%3D1500%252C1000%252C0%252C0

Aynan hozir esa amerikalik «Sietl Saunders»ga Xbox homiylik qiladi.

?url=https%3A%2F%2Fseattle-mp7static.mlsdigital.net%2Fstyles%2Fimage_landscape%2Fs3%2Fimages%2FWill_2.0A.png%3FahiUNIm66p4yVgWGgrZtbro1kTTCbvzP%26itok%3Dqr6RAetm%26c%3Db08c984df8bf6af26a6fcd51b95bd16e

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!