
Ibragimovich "Milan"dan ketmoqchi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich italyan klubidagi kelajagiga oydinlik kiritdi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Manbaga ko‘ra, shvetsiyalik forvard "Milan"dan ketishni rejalashtirmoqda. Futbolchining ushbu qaroriga klubning direktorlar kengashidagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, klub direktori Zvonimir Boban iste’foga chiqarilgan edi, shuningdek Paolo Maldinining "rossonerilar"dagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.
Ta’kidlanishicha, Ibragimovichning "Milan"ga kelishida shu ikkala mutahassisning o‘rni katta bo‘lgan.
Fikrlar