"Liverpul" futbolchisi 5 yilga qamalishi mumkin

  • 2 yanvar, 2018, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi himoyachisi Deyan Lovrenga jinoiy javobgarlik tahdid qilmoqda. Aniqrog‘i, 28 yoshli futbolchi yolg‘on guvohlik bergani uchun jazolanishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda xorvatiyalik futbolchi 2010 yilda Zagrebning “Dinamo”sidan “Lion”ga o‘tishida korruptsiya aralashgani sabab o‘tkazilgan tergov-surushtiruv paytida yolg‘on guvohlik bergan. Endi u qonunchilikka ko‘ra 5 yil ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lovren joriy mavsum APLning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!