
«Manchester Siti» va «PSJ» sudda g‘olib chiqa oladimi?
Goal nashri katta moliyaviy qudratga ega «Manchester Siti» va «PSJ»larning UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligini bekor qilishga erishishda qanday imkoniyatlari borligini bilish uchun sport bo‘yicha huquqshunoslarning fikrlari va xulosalari bilan qiziqdi.
«Manchester Siti» va «Pari Sen-Jermen» klublari UEFAning dastlabki moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan 2014-yilda to‘qnash kela boshladi. Bunday holat hanuz ikki tomon o‘rtasidagi ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Muxlslar va qonun vakillari ushbu kurashda UEFA yutqazishini bashorat qilmoqda. Xo‘sh ushbu holatga jiddiy nazar solsak, nimalarni ko‘rishimiz mumkin.
MFP (Moliyaviy feyr-pley) ga qarshi ish
Bir qancha qonunshunoslar UEFAning Moliyaviy feyr-pley qoidalari sudda noqonuniy deb topilishi, mumkin ekan. 2014-yilda Economic Policy jurnalida e’lon qilingan maqolada Tomas Piters va Stefan Shimanski MFP «musobaqani cheklab qo‘yishi mumkin, chunki u tashqaridan investorni jalb qiladigan an’anaviy yirik jamoalarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi.»
Selford Universitetida Sport sanoati bo‘yicha professor Simon Chadvik ham MFP ga qarshi o‘z fikrlarini bildirdi.
«MFP kattaroq jamoalarning o‘zini tutishlarini tartibga solish uchun echim sifatida paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, bu o‘n yillar avval ushbu sanoat ichidagilarning roziligiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Ammo ushbu o‘n yillik ichida dunyo sezilarli o‘zgardi. Ba’zi klublar MFP ni o‘zlariga ma’qul echim deb topmayapti.» – deya o‘z fikrlarini bildirdi.
Demak, klublar MFP ga qarshi sudda tortishib ko‘rishlari mumkinmi?
Goal nashri moliya, iqtisod, professional sport jamoalari boshqaruvi bo‘yicha ekspert doktor Rob Uilsondan «Siti» va «PSJ»lar UEFA bilan MFP borasida sudda tortishishlari mumkinligini so‘radi. «Ushbu savolni javobi – ha.»
«O‘ylashimcha, «Man. Siti» va «PSJ» dastblab bu qoidalarga rozi bo‘layotganida ushbu qoidalarni Evropa Sudi orqali muammolarni hal qilishlari mumkinligi sabab qo‘shilishgan.»
«Agarda Football Leaks tarqatayotgan xabarlari tasdiqlansa UEFAning sanktsiya qo‘llash pozitsiyasi ancha kuchayadi, ammo bu holatda «Siti» va «PSJ» ham MFP ning qonuniyligi borasida sudga arz qilishlari, shubhasiz.»
Nega?
Da’vogarlar MFP qoidalari Evropa musobaqa qonunini buzayotganini argument sifatida ko‘rsatishlari mumkin, chunki bu 101-moddaga zid, yoki UEFA 102-moddaga zid ravishda ustunlik qiluvchi pozitsiyasini buzmoqda.
Musobaqa buzilishi borasida Evropa huquqi bo‘yicha mutaxassis Doktor Borxa Garsiya ham ayni fikrda sobit: «Agar kimdir ko‘p pul investitsiya qilishni istasa bu qoidalar ruxsat bermaydi. Aynan shu qonuniy da’vo qilishga asos bo‘la oladi.»
Qanday qilib?
Buning uchta vositasi bor: Evropa Komissiyasi orqali, milliy sud yoki milliy musobaqa organlari orqali buni amalga oshirish mumkin.
«Evropa Komissiyasi bu vazifani olishi shubha qilaman» – deydi yana bir ekspert doktor Van Rompuy. «Ular o‘z pozitsiyasini aniq qilib olishadi. Agarda yangi da’vo kelib tushsa uni rad qilish uchun birorta sabab o‘ylab topishadi.»
«Eng yaxshisi milliy sudga murojaat qilish bo‘ladi. MFP sanktsiyalariga uchragan har qanday klub arbitrajga yuzlanishi mumkin.»
Oldin bunga o‘xshagan holatlar bo‘lganmi?
The International Sports Law Journal jurnalida Kristofer Flanagan chop qilgan maqolasida u belgiyalik agent Daniel Striani va turk klubi – «Galatasaroy»larni namuma qilib keltiradi.
Biroq barchasi omadsiz yakunlangan.
2013-yilda Striani Evropa Komissiyasiga MFP qoidalari EI mumobaqa qonunini, buzayotganligi bilan da’vo qilib chiqadi, u EI ning asosiy normalari – inson, kapital va xizmatlarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotganini tilga oladi.
Strianining dalillari orasida MFP transferlar sonining keskin kamayishiga, klub ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan futbolchilar sonini kamayishiga olib kelganligi edi.
Biroq uning da’vosini Evropa Komissiyasi «manfaatlarini qonuniylashtirib olishga bo‘lgan shubhalar bor» deya rad qildi.
«Galatasaroy» esa 2016-yilda MFP qoidalarini buzganligi uchun Evropa musobaqalarida ishtirok etishdan mahrum qilinishi ortidan Sport arbitraji sudiga murojaat qilgandi. Turk klubi Striani kabi MFP qoidalari Evropa musobaqasi qonunining 101 va 102-moddalarini buzayotganligi bilan izohlagandi.
Biroq sport arbitraj sudi MFP tilga olingan moddalarni buzmagan deb topgandi.
Biroq shu yil avvalida «Milan» Evropa Ligasida ishtirok etish huquqini Sport arbitraj sudiga murojaati ortidan tiklab olgandi. SAS MFP «Milan»ga ta’qiq qo‘yishda nohaq deb topgandi.
Ko‘rib turganimizdek, MFP bo‘yicha UEFA bilan sudda yutgan va yutqazgan holatlar bo‘lgan. «Manchester Siti» va «PSJ» ishi esa ancha qiziqarli va jiddiy kechishi aniq. Ularning g‘alabasiga ayrim kichik detallargina yordam bersa ajabmas. Ammo bu bilan ular MFP sanktsiyalaridan omon qolishini ham anglatmaydi.
Fikrlar