"Manchester Yunayted"ning yozgi transferlar davridagi asosiy transfer nishoni kim?

  • 5 fevral, 2020, 13:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aston Villa” klubi yarim himoyachisi Jek Grilish mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Metro nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Grilish “qizil iblislar”ning yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridagi asosiy transfer nishoni hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Grilish joriy mavsum APLda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 34 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!