
Manjukich "Udineze"ga qarshi bahsda ham "Yuventus"ga yordam bera olmasligi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Mario Manjukich asta-sekin mashg‘ulotlarga kirishmoqda.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra jarohati sabab kecha “Tottenxem”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan xorvatiyalik futbolchi yakshanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan A Seriyaning navbatdagi turida “Udineze”ga qarshi bahsda ham ishtirok eta olmasligi mumkin.
U katta ehtimol bilan 14 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Atalanta”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvda maydonga qaytishi mumkin.
Fikrlar