Mashhur futbolchi Evropani tark etib, Afrikaga ketyapti

  • 9 yanvar, 2024, 20:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir necha klublarida o‘ynagan portugaliyalik hujumkor futbolchi Gonsalu Gedesh ijara asosida Misrning “Keramika” klubiga o‘tishi kutilyapti. Bu haqda Relevo nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Vulverxempton” o‘z o‘yinchisini mavsum oxirigacha afrikaliklarga ijaraga berishga rozi bo‘lgan.

Angliyalik joriy mavsum boshida portugaliyalik yarim himoyachini “Benfika”ga ijaraga jo‘natgandi. Gonsalu o‘z yurtidagi faoliyatida 14 marotaba maydonga tushib, jami 275 daqiqa o‘ynadi va atigi ikkita golli ras uzatdi xodos.

“Keramika” Misrning qudratli klublari qatoriga kirmaydi. Bu jamoa ayni paytda Misr chempionatida to‘qqizinchi pog‘onani egallab turibdi.

Gedesh aslida “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida PSJ va “Valensiya” klublarida ham to‘p tepgan. Shunga qaramay,  Gedesh biror jamoa safida muqim o‘ringa ega bo‘la olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!