MOQ Bosh kotibi Buenos-Ayresda «Olympism in action» forumida ishtirok etdi

BEPUL PROPAN

Nufuzli musobaqa oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 5-6 oktyabr kunlari «Olympism in action» («Olimpizm harakatda») forumi tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

MOQ Bosh kotibi ushbu forum davomida Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Ahmad al Fahad al Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar uchrashuvda 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilishdi. O‘z navbatida al Sabax yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu mavzu bo‘yicha alohida uchrashuv tashkil qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Jasur Matchanov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning XOQ forumlariga, nufuzli tadbirlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Forum dasturidan yana bir qator masalalar o‘rin olgan. Jumladan, olimpizm qadriyatlari va ularning nafaqat xalqaro, balki milliy va global miqyosdagi o‘rni haqida, shuningdek, doping masalalari, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy masalalari borasida ham fikr almashildi.

Ushbu forum shubhasiz sport tashkilotlari vakillari uchun yangi g‘oyalar va loyihalar bo‘yicha fikr almashish uchun haqiqiy tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!