Mourino MYu rahbariyatini Beyl uchun 110 mln evro taklif qilishga undamoqda

  • 10 avgust, 2017, 15:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa rahbariyatinii “Real” hujumchisi Garet Beylning transferi bo‘yicha 110 million evrolik taklif yuborishga undamoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning fikricha ushbu summa “qirollik klubi”ni Beylni sotishga majbur qilishi mumkin. Qolaversa, “qizil iblislar” uelslik futbolchining maoshini haftasiga 550 ming evrogacha ko‘tirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu afsonasi Rayan Giggz ham Beyl bu yoz “Real”dan ketmasligiga ishonishi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!