
MTJ yig‘iniga gol urishdan to‘xtamayotgan hujumchi kelib qo‘shildi (FOTO)
Joriy iyun oyida futbol bo‘yicha "JCh-2022" hamda "Osiyo Kkubogi-2023" qo‘shma saralash bahslari doirasida terma jamoamiz joy olgan guruhning qolgan o‘yinlari Saudiya Arabistonida markazlashgan tarzda bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘ynaydi.
Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda kecha terma jamoamiz safiga Qozog‘iston chempionatida o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyish etayotgan legioner hujumchimiz - Igor Sergeev ham kelib qo‘shilgan.
Quyida terma jamoamiz mashg‘ulotlaridan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkni:











Fikrlar