“Nyukasl” 100 million evroga superhujumchi oladi

  • 18 dekabr, 2021, 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Taniqli jurnalist Fillippo Grassia saudiyalik investorlar “Nyukasl”ga ko‘p gol ura oladigan hujumchi olib kelish maqsadida ushbu transferga 100 million evro ajratgani haqida xabar berdi.

“Nyukasl” taklif qilmoqchi bo‘layotgan hujumchi “Fiorentina” to‘purari Dushan Vlaxovichdir. “Qarg‘alar” yozgi transferlar mavsumini kutmasdan, uni yanvar oyidayoq Angliya premer-ligasiga olib kelmoqchi.

Mutaxassislar garchi “Nyukasl” birdaniga boyib ketgan bo‘lsa-da, Vlaxovichni olishi qiyinligini ta’kidlamoqda. Chunki, “Nyukasl” premer-ligada autsayderlar qatorida boryapti.

Dushan Vlaxovich uchun pul sarflashga tayyor jamoalar orasida “Yuventus”, “Manchester Siti” va “Tottenxem” kabi yuqori nufuzli sovrinlar uchun kurashishga qodir klublar bor.

Vlaxovich joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda 15 ta to‘p kiritib, A Seriyada to‘purarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!